Degeneratsiya
Degeneratsiya (lotincha degenero — bu-zilaman) — oʻsimlik, hayvon organizmidagi biror xil biologik belgi va xususiyatning irsiy kasalliklar yoki yashash sharoitining ogirlashib qolishi tufayli buzilishi, yomonlashib aynib qolishi. Baʼzi organ va toʻqimalarning normal individual rivojlanish jarayonida yoʻqolib ketishi (mas, itbaliklar oʻsib, baqaga aylanganda dumining yoʻqolishi), filogenetik taraqqiyot jarayonida kichrayib, boshqacha boʻlib qolishi yoki moddalar almashinuvi oʻzgarishi natijasida yemirilishi ham D. deyiladi.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |