Dehqon Jalilov
Dehqon Jalilov (1930.2.6, Andijon — 1992.7.6, Fargʻona) — oʻzbek dirijyori, bastakor. Oʻzbekistonda xizmat ko'rsatgan sanʼat arbobi (1980). Moskva oʻzbek opera studiyasining simfonik orkestr dirijyorligi bo'limini tugatgan (1951), Toshkent konservatoriyasining xor dirijyorligi fakultetida sirtdan taʼlim olgan (1953—56). Muqimiy nomidagi Oʻzbek davlat musiqali teatri (1941—47), Andijon (1954— 55), Buxoro (1956—59), 1960-yildan Fargʻona musiqali drama teatrlarida dirijyor. "Xolisxon" (Hamza, 1950), "Nomaʼlum kishi" (I. Sulton, 1965) kabi musiqali dramalar, "Yangi yerda" (T. Tula), "Sanʼatchi qizga", "Bazmi gul yori bo'lsa" (P. Moʻmin), "Yor kutib" (T. Mahmudov), "Zamonam mening" (H. Muhammad) va boshqa qo'shiqlar muallifi. Dehqon Jalilovning saylanma asarlari toʻplami — "Qoʻshiqlar guldastasi"ni nashr ettirgan (1989)[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |