Dehqonobod masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jomeʼ-masjid. Masjid Samarqand viloyati Ishtixon tumanida joylashgan. Mazkur majmua Vazirlar mahkamasi tasarrufida boʻlib, Musulmonlar idorasi va Samarqand viloyati adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatga olingan.

Masjid
Dehqonobod masjidi
Mamlakat  O'zbekiston
Hudud Samarqand
Shahar Ishtixon
Manzil Samarqand viloyati Ishtixon tumani
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Nuriddinov Zayniddin
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Tarixi

tahrir

Dehqonobod masjidining tashkil etilganligi haqida toʻliq va ishonchli manbalar kam. Ushbu masjid hozirgi kunda amaldagi masjidlardan biri hisoblanadi. Masjid imomi Samarqand viloyati Ishtixon tumanining imom-xatibi Nuriddinov Zayniddin hisoblanadi[1].

Joylashuvi va faoliyati

tahrir

Masjid Samarqand viloyati Ishtixon tumaniga qarashli hisoblanadi. Masjid qurilishida gumbazlar tuzilishi ancha murakkab boʻlib, peshtoq, ravoq va minoraning turli shakllari oʻziga xos nafis shaklda ishlangan. Bezagida murakkab naqshlar, koshinkor bezaklar qoʻllangan boʻlib, masjid binosining tashqi va ichki bezaklarida oʻzgacha nafislik yaqqol koʻzga tashlanadi. Maskur masjiga har kunlik 5 mahal namoz ibodatlarini ado qilish uchun Ishtixon tumanining turli joylaridan musulmon insonlar tashrif buyurishadi. Shuningdek, Ishtixon tuman aholi vakillari va yoʻlovchilar, Ramazon va Qurbon hayit namozlarida va Juma namozlari vaqtlarida tashrif buyurishadi. Ushbu masjidga mashrut, avtobus yoki yengil transport vositalari orqali borish mumkin va nomozxonlar uchun masjid har kunlik nomoz vaqtlarida doimo ochiq[1]. Ushbu masjid nomozxonlar uchun zarur maʼlumotlar xabar qilinadigan, haftalik juma, xayit namozlari jamoa boʻlib oʻqiladigan Ishtixon tumanidagi asosiy masjidlar sirasiga kiradi. Shuningdek, masjid Samarqand viloyatida tarovih namozida Xatmi Qur’on oʻqiladigan masjidlar roʻyxatiga kiritilgan[2].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Деҳқонобод жоме масжиди“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 30-avgust 2024-yil.
  2. „Samarqand viloyatida tarovih namozida Xatmi Qur'on o‘qiladigan masjidlar ro‘yxati“. sammuslim.uz. sammuslim.uz. Qaraldi: 30-avgust 2024-yil.