Chilpish
Chekanka – bolg‘a yordamida medal, tanga yoki yassi metallarga yuqori bosim orqali tasvir yaratish.
Chilpish, chekanka, dekapitatsiya — oʻsimlikni boʻyiga oʻsishdan toʻxtatish, hosil toʻplash va yetilishini tezlatish maqsadida oʻsish nuqtasi yoki hosil novdaning uchki qismini olib tashlash; qoʻshimcha agrotexnika tadbirlaridan biri. Ch. shakllanayotgan hosilga oziq moddalarning yetib kelishini kuchaytiradi, ularning rivojlanishiga qulay sharoit yaratadi. Asosan, gʻoʻza, tok, mevali daraxtlar, tamaki, kanakunjut, pomidor va boshqa chilpiladi. Gʻoʻzani Ch.da uning poyasi va yon shoxlari uchi olib tashlanadi. Agrotexnik nuqtai nazardan yorugʻlik va issiqlik rejimini yaxshilaydi, koʻsaklarning ortiqcha toʻkilib ketmasligiga, tupning yotib qolmasligiga yordam beradi, hosildorlikni 1—4% ga oshiradi. Tolaning yetilishini va chanoqning ochilishini tezlashtiradi. Odatda, Ch. gʻoʻza yalpi koʻsaklay boshlagan paytda — oʻrta tolali gʻoʻzada 14— 16, ingichka tolali gʻoʻzada 20—22 hosil shoxi shakllanganda — iyulning oʻrtalari — avgustning birinchi oʻn kunligida oʻtkaziladi. Asosiy poya uchi 4—6 sm, yon shoxlar uchi 2—3 sm uzunlikda chilpib tashlanadi. Gʻoʻzani Ch. qoʻlda yoki maxsus Ch. moslamalari, mashinalarda oʻtkaziladi. Tokni Ch. novdalarining pishishini tezlashtiradi, ularda oziq moddalarning toʻplanishiga yordam beradi, qishga chidamliligini oshiradi, yetarli yoruglik, havo, issiqlik taʼsirida gʻujumlari yirik, rangdor va shirali boʻladi. Ch. sugʻoriladigan hosilli tokzorlarda yaxshi samara beradi. Toklar, birinchi marta shoʻra xomtokda (1—2 sm), asosan, ikkinchi marta avgust ning 2oʻn kunligida novdalarning oʻsish davri sekinlashganda chilpiladi, bunda novdalar uchining 1/3 — 1/4 qismi olib tashlanadi. Sabzavotch i l i kda bodring va pomidor (issiqxonalarda avgustda ekilgan pomidor 7— 9 shoxi ustidan)ni Ch. gʻovlashga yoʻl qoʻymay, hosil shox (palak)larini koʻpaytiradi. Baklajon, bryussel karami, urugʻlikka ekilgan lavlagi ham chilpiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |