Dekart koordinatalar tizimi
Dekart koordinatalar tizimi — tekislik yoki fazodagi toʻgʻri chiziq koordinatalar tizimi. Rene Dekart kiritgan (1637). Bir nuqta (koordinatalar boshi) dan oʻtadigan ikki va oʻq (tekislikda) yoki uch va oʻqdan (fazoda) iborat. Bunda koordinata oʻqlariga qoʻyiladigan uzunlik birliklari oʻzaro teng boʻladi. Koordinata oʻqlari oʻzaro tik boʻlgan Dekart koordinatalar tizimi toʻgʻri burchakli koordinatalar tizimi deb ataladi. Dekart koordinatalar tizimi deganda koʻpincha aynan shu tizim tushuniladi, umumiy Dekart koordinatalar tizimi esa affin koordinatalar tizimi deb ataladi[1].

Manbalar
tahrir- ↑ „Dekart koordinatalar tizimi“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (D-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Havolalar
tahrirWikimedia Commonsda Dekart koordinatalar tizimi mavzusiga oid fayllar bor. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |