Delfinlar
Delfinlar (Delphininae) — tishli kitlar turkumiga mansub sut emizuvchilar guruhi. Daryo D.i (Platanistidae) va delfinsimonlar (Delphinidae) oilalarini oʻz ichiga oladi. Daryo D.ining uz. 1,5–3 m, koʻkrak suzgichlari kalta va keng , tumshugi uzun va ingichka, tishlari koʻp (104 dan 242 gacha), koʻzlari ojiz (gang D.da koʻz gavhari boʻlmaydi). Asosan Jan. Amerika (laplat D.) va Jan. Osiyo (hind D., Xitoy koʻl D.) daryolarida tarqalgan. Delfinsimonlarning uz. 1,2–3 m, ayrim turlari (kosatka) 10 m gacha. Koʻpchiligida orqa suzgichi boʻladi, tumshugi choʻziq, tishlari 50 tadan koʻproq, dum suzgichining keyingi uchi chuqur kesilgan. Bosh miyasi sharsimon, yarim sharlari poʻstlogʻida juda koʻp pushtachalari bor. D.da kitsimonlarga nisbatan exolokatsiya va eshitish organi yaxshi rivojlangan (bir necha oʻn Gs dan 150— 196 Gs gacha chastotalik akustik tebranishlarni qabul qiladi). Tovush signallari orqali oʻzaro aloqa qiladi. Exolokatsiya organi boshining havo toʻplovchi boʻshliqlarida joylashgan. Soatiga 55 km tezlikkacha suza oladi (kosatka). 3—5 yilda balogʻatga yetadi. Bolasini 4—6 oy emizadi. Yirik D. 50, maydalari 30-yilgacha yashaydi. Ovozga taqlid kila oladi, qoʻlga oson oʻrganadi. Okeanariumlarda boqilganida koʻpayishi ham mumkin. D.ning 50 turi maʼlum. Oq biqin D. va afalina deyarli hamma dengizlarda uchraydi. Krra dengizda faqat oq biqin D., shim. dengizlarda shim. kitsimon D., kosatkalar tarqalgan. Koʻpchilik turlarini ovlash man qilingan.
Delfinlar | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
|
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |