Deltadaryoning dengiz yoki koʻlga quyilish joyida suvda oqib kelgan jinslardan hosil boʻlgan tekislik. Delta nomi yunon alfavitidagi D (delta) ning bosh harfidan olingan. Nil daryosining uchburchak deltasi shaklan ana shu harfga oʻxshash boʻlganidan qadimda shunday nom olgan. Deltada daryo suvi pan-ja shaklida koʻpdan-koʻp tarmoklarga boʻlinib oqadi. Vaqt oʻtishi bilan delta kengayib, dengiz ichkarisiga kirib boraveradi. Daryo oqizigʻi koʻp va yirik boʻlsa yoki dengiz, koʻl suvi sathi pasayib borayotgan yoki sayoz boʻlsa, deltaning shakllanishi tezlashadi. Yiliga bir necha metrdan bir necha yuz metrgacha kengayib boradi. Deltaning shakli va maydoni turlicha: Amazonka deltasi — 100 ming km², Amudaryo deltasi — 19 ming km², Volga deltasi — 19 ming km². delta tuprogʻi unumdor.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jildelta Toshkent, 2000-yil