DENI (Denis) Moris (1870.25.11, Granvil, Normandiya — 1943.3.11, SenJermen-an-Le, Parij yaqinida) — fransuz rassomi. "Nabi" guruhi (1890) va "Diniy sanʼat ustaxonasi" (1919)ning asoschisi va nazariyotchilaridan. Parijdagi Jyulian akademiyasi (1887 y.dan) va Nafis sanʼat maktabida tahsil koʻrgan. D. ijodi simvolizm va "modern" uslubi bilan uzviy bogʻliq, unda mahobatli shakl va bezak mutanosibligiga moyilligi seziladigan diniy mistik kayfiyat mavjud: "Psixeya tarixi" (11 ta namoyon, 1908— 09), Vezinedagi cherkov (1901—03) hamda Yelisey maydoni teatri (1912—13) devoriy rasmlari va b., vitraj, gobelen, teatr spektakllari bezagi uchun chizgilar, kitob illyustratsiyalari yaratgan. Sanʼat nazariyotchisi sifatida rangtasvirda bezakdorlik, rangdorlikni eʼtirof etgan ("Nazariya", 1912 va b.).

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil