Denny Vrandečić
Zdenko „Denny“ Vrandečić (1978-yil 27-fevralda Olmoniyaning Shtutgart shahrida tugʻilgan) – kelib chiqishi xorvatiyalik kompyuter olimi. U Semantic MediaWiki va Wikidataning hammuallifi, Wikifunctions loyihasining yetakchi ishlab chiqaruvchisi va Wikimedia jamgʻarmasining maxsus loyihalar boʻyicha yetakchi mutaxassisi. U Olmoniyaning „The Dark Eye“ oʻyini uchun modullarni ishlab chiqqan.
Denny Vrandečić | |
---|---|
Tavalludi |
27-fevral 1978-yil Shtutgart, Olmoniya |
Fuqaroligi |
Xorvatiya AQSh |
Sohasi |
Wikidata Semantic Web Semantic wiki World Wide Web |
Ish joylari |
Google Wikimedia Janubiy Kaliforniya universiteti |
Taʼlimi | Karlsruhe texnologiya universiteti (PhD) |
Tezis sarlavhasi | Ontologiyani baholash |
Akademik rahbarlari | Rudi Studer |
Mashhur ishlari |
Wikidata Wikifunctions Semantic MediaWiki |
Turmush oʻrtogʻi | Kamara Vrandečić |
Veb-sayt | simia.net |
Hozirgi kunda AQShning Kaliforniya shtatiga qarashli San-Fransisko koʻrfazi hududida istiqomat qiladi[1].
Taʼlim
tahrirVrandečić 1997-yildan Shtutgart universitetida aniq va tabiiy fanlardan tahsil oldi. Doktorlik dissertatsiyasini 2010-yilda Karlsrue texnologiya institutida (KIT) olgan. 2004-yildan 2012-yilgacha Rudi Studer bilan amaliy kompyuter fanlari va rasmiy tavsif tillari institutida (AFIB) bilimlarni boshqarish boʻyicha tadqiqot guruhida ilmiy xodim boʻlgan. 2010-yilda Janubiy Kaliforniya universitetiga kelgan.
Karyera va tadqiqot
tahrirVrandečić maʼlumotlar bazalari, maʼlumotlarni izlash, webga asoslangan ommaviy hamkorlik va semantik veb-saytlar bilan shugʻullanadi. 2012—2013-yillarda Vikipediyaga qardosh loyiha – Wikidata platformasining loyiha menejeri boʻlgan. Markus Krötzsch bilan birga KIT guruhida Semantic MediaWiki saytini yaratgan[2].
2013-yildan Google kompaniyasida ontolog boʻlib ishlay boshlagan[3]. Google tomonidan qidiruv tizimining natijalarini turli manbalardan olingan semantik maʼlumotlar bilan kompilyatsiya qilish uchun foydalanadigan maʼlumotlar bazasini yaratgan[4]. 2019-yil sentyabr oyida Vrandečić Googlening loyihalarni rivojlantirish boʻlimida Vikimedia Jamgʻarmasi loyihalari va Google qidiruv tizimini integratsiya qiluvchi Wiki-rezident sifatida ishlayotganini eʼlon qilgan.
2020-yil iyul oyida Googledan ketdi va „Abstract Wikipedia“ loyihasini davom ettirish uchun Vikimedia Jamgʻarmasida ishlay boshladi. Loyiha koʻp tilli boʻlib, mashinaga asoslangan bilim platformasini yaratish uchun Vikidata maʼlumotlaridan foydalanishga qaratilgan Vikipediyaning 20 yillik yubileyiga yozgan murojaatida Vikipediya qardosh loyihalari boʻyicha texnik va shaxsiy mulohazalarni ishlab chiqqan[5].
Xorvatcha Vikipediya asoschilari va administratorlaridan biri. 2008-yilda Vikimaniya ilmiy dasturi rahbari boʻlib ishlagan. 2015 va 2016-yilgi Vikimaniya vasiylik kengashi aʼzosi boʻlgan.
Shaxsiy hayoti
tahrirVrandecic Xorvatiya va AQSh fuqaroligiga ega[6]. 2012-yilda oʻzbekistonlik Vikipediya administratori Qamarniso Ismoilova (Kamara Vrandečić) bilan turmush qurgan. Hozirda rafiqasi va qizi bilan California Bay hududida istiqomat qiladi[7].
Manbalar
tahrir- ↑ Contributors (en). PubPub, 2020-10-15. ISBN 978-0-262-53817-6.
- ↑ „Das Wikidata-Team“ (de-DE). Wikimedia Deutschland Blog (4-aprel 2012-yil). Qaraldi: 27-fevral 2021-yil.
- ↑ „Denny Vrandečić at Google“. research.google.com. 2014-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Denny Vrandecic“ (inglizcha). The Knowledge Graph Conference. Qaraldi: 27-fevral 2021-yil.
- ↑ „Abstract Wikipedia/July 2020 announcement - Meta“. meta.wikimedia.org. Qaraldi: 27-fevral 2021-yil.
- ↑ „Eine Wikipedia für alle“. Der Spiegel, Nr. 3, S. 102 (16-yanvar 2021-yil).
- ↑ Contributors (en). PubPub, 2020-10-15. ISBN 978-0-262-53817-6.