Deportatsiya (lotincha: deportatio - badargʻa, surgun qilish) — jinoiy yoki maʼmuriy jazo chorasi sifatida davlatdan majburan chiqarib yuborish, haydash. Huquqda Deportatsiya termini Fransiya jinoyat qonunchiligiga koʻra, 18— 19-asrlarda (1721 - yilda Gvianaga) qoʻllangan surgunning alohida koʻrinishlarini anglatgan. Deportatsiyadan retsidivist jinoyatchilar bilan birga jamiyat uchun nomatlub kishilarni jazolashda foydalanilgan. Koʻpincha u yo bu davlatga gʻayriqonuniy kelib qolgan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Deportatsiya qilinadi. 1920—40 yillardagi ommaviy qatagʻonlar davrida sobiq Ittifoqning koʻp xalqlari Deportatsiyaga duchor boʻlgan.

Terminning kelib chiqish tarixi

Deportatsiya atamasi fransuz jinoyat huquqida XVII—XVIII asrlarda surgunning maxsus turlarini bildirish uchun paydo bo’lgan. Birinchi marta siyosiy jihatdan ishonchsiz shaxslarni Gvianaga deportatsiya qilish 1791 yilda “Shubhallar qonuni” bilan belgilandi.

Deportatsiya, shu jumladan umrbod deportatsiya, 1810 yilgi Fransiya Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan surgun bo’lib, qit'a hududidan tashqarida, 1872 yil 23 martdagi qonun bilan belgilangan deportatsiya joylarida umrbod qolishdan iborat edi. Bu qonun Nu orolida markaziy deportatsiya lagerini va Dyuko yarim orolida (Yangi Kaledoniya) surgun qilinganlar uchun mustahkam joy (qal'a) yaratishni nazarda tutgan. Deportatsiya faqat retsidivist jinoyatchilarni jazolash uchun emas, balki inqilobchilarga qarshi qat'iy choralar ko’rish uchun ham qo’llanilgan (1872 yilda asirga olingan kommunarlar Yangi Kaledoniya arxipelagidagi orollarga surgun qilingan).

Tarixiy nuqtai nazardan, deportatsiya Fransiyada 1880 yildan beri qo’llanilmaydi.

Tinch aholini deportatsiya qilish uchun javobgarlik

Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to’g’risidagi Yevropa konventsiyasining 4-sonli bayonnomasiga muvofiq, hech kim o’zi fuqarosi bo’lgan davlat hududidan chiqarib yuborilishi va hech bir fuqaroning o’z davlati hududiga kirishi taqiqlanishi mumkin emas.

1998 yil 17 iyuldagi Xalqaro Jinoyat Sudi Rim Statutining 7-moddasiga ko’ra, “aholini deportatsiya qilish yoki majburan ko’chirish” insoniyatga qarshi jinoyat hisoblanadi va xalqaro jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Rossiya Federatsiyasining jinoiy qonunchiligida tinch aholini deportatsiya qilish taqiqlangan urush usullari va vositalaridan foydalanish holatlaridan biri bo’lib, Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 356-moddasiga ko’ra jinoyat hisoblanadi.

Zamonaviy huquqda deportatsiya

Hozirgi vaqtda deportatsiya atamasi biror bir mamlakatdan ma'muriy chora sifatida chiqarib yuborish bilan sinonim bo’lib, faqat chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga nisbatan qo’llaniladigan va ularni qabul qiluvchi davlatdan tashqariga nazorat ostida ixtiyoriy ravishda tark etish yoki majburan (shu jumladan, mirshablar hamrohligi, kuzatuvi ostida) chiqarib yuborishdan iborat bo’lgan ma'muriy jazo turini bildiradi.

Rossiya Federatsiyasida deportatsiya

Biroq, zamonaviy Rossiya ilm-fanida chiqarib yuborish va deportatsiya tushunchalarining o’ziga xosligi haqidagi masala munozarali va ko’plab olimlarning fikriga ko’ra, bu tushunchalarni bir xil deb hisblamoq noto’g’ri bo’ladi ekan. Shu bilan birga, migratsiya sohasidagi huquqiy yordamni o’rganuvchi olimlar ushbu tushunchalarni farqlashda qiyinchiliklarga duch kelishadi. O’z navbatida, Rossiya Federatsiyasiga kirish va Rossiya Federatsiyasidan chiqishning huquqiy rejimlarini o’rganuvchilar, shuningdek, Rossiya Federatsiyasidan chiqib ketishning huquqiy rejimlarini, davlat chegarasi, davlat xavfsizligini, shu jumladan, immigratsiyani ta'minlash doirasida shug’ullanuvchilarda bunday qiyinchiliklar yuzaga kelmaydi, chunki ular asosan chiqarib yuborish bo’limida bayon etilgan fikrga amal qiladilar.

Deportatsiya - chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxsning Rossiya Federatsiyasida qolishi (yashashi) uchun qonuniy asoslar yo’qolgan yoki tugatilgan taqdirda uni Rossiya Federatsiyasidan majburan chiqarib yuborish deb tushuniladi.

(2002 yil 25 iyuldagi 115-FZ-sonli "Rossiya Federatsiyasida xorijiy fuqarolarning huquqiy holati to’g’risida" Federal qonunining 2-moddasi 1-qismining 16-bandi)

Deportatsiya faqat tegishli qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar bo’yicha amalga oshiriladi. Chet elliklarning noqonuniy kirishi, mamlakatda bo’lish qoidalarining buzilishi, shuningdek chet el fuqarosining kirib kelayotgan davlatda qolib ketishi uchun qonuniy asoslarning yo’qolishi yoki bekor qilinishi deportatsiya uchun asos bo’lishi mumkin.

Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to’g’risidagi Yevropa konventsiyasining 7-sonli bayonnomasiga (1-modda) muvofiq, davlat hududida qonuniy ravishda yashovchi chet el fuqarosi undan chiqarib yuborilishi mumkin emas. O’z navbatida, u quyidagilarga:

a) o’zini chiqarib yuborishga qarshi dalillar taqdim etilishi;

b) ishini qayta ko’rib chiqishi va

v) vakolatli organlarga taqdim etilishi uchun imkoniyati bo’lishi kerak.

Deportatsiya quyidagi toifadagi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga nisbatan qo’llanilmaydi:

arizani ko’rib chiqish tugaguniga qadar qochqin deb tan olinishi yoki boshpana so’rab murojaat qilganlar;

qochqin sifatida tan olingan yoki siyosiy boshpana olganlarga;

qochqin maqomi yoki boshpana berish rad etilgan, qochqin maqomini yo’qotgan yoki qochqin maqomidan mahrum qilingan va irqiy sabablarga ko’ra hayoti yoki erkinligi ta'qib qilinish xavfi ostida bo’lgan, din, fuqarolik, ma'lum bir ijtimoiy guruhga yoki siyosiy qarashga mansubligi bo’yicha ma'lum bir davlat hududiga o’z xohishiga qarshi chiqarib yuborilishi mumkin bo’lmagan shaxslar;

diplomatik va konsullik muassasalari xodimlari, diplomatik immunitetga ega bo’lgan boshqa shaxslar.

Chiqarib yuborish

Chet el fuqarosini deportatsiya qilishning iloji bo’lmagan xoltalarda (deportatsiyani amalga oshirish uchun asoslar yetarli bo’lmasa) milliy xavfsizlik, jamoat tartibi, ma'naviy qadriyatlarni, aholi saomatligi, davlat fuqarolari va boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish manfaatlarini ko’zlab, chet ellik fuqaro qabul qiluvchi davlatdan chiqarib yuborilishi mumkin.

Rossiya Federatsiyasining Ma'muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi kodeksining 3.10-bandiga muvofiq, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni Rossiya Federatsiyasidan ma'muriy chora sifatida chiqarib yuborish - chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni Rossiya Federatsiyasidan tashqarida, Rossiya Federatsiyasi Davlat chegarasi orqali majburiy va mirshablar hamrohligi, nazorat ostida chiqarib yuborish va ayrim hollarda Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida nazarda tutilgan - chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning Rossiya Federatsiyasidan nazorat ostida mustaqil ravishda chiqarib yuborilishi mumkin.

Ma'muriy javobgarlik chorasi sifatida Rossiya Federatsiyasidan ma'muriy chiqarib yuborish ko’pincha sud tomonidan tayinlanadi.

2013 yil avgust oyidan boshlab Rossiya Federatsiyasida immigratsiya nazorati choralari kuchaytirildi va Rossiya Federatsiyasi Ma'muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi kodeksining 18.8-moddasi (chet el fuqarosini ma'muriy chiqarib yuborish uchun asoslar beradi)ga muvofiq, chet el fuqarosi tomonidan Rossiya Federatsiyasining migratsiya qonunchiligini buzish (yashash joyida ro’yxatdan o’tmaganlik, ruxsatnomasiz ishga joylashish), hatto Rossiya Federatsiyasida bir kun bo’lish shartlarini buzish) sud tomonidan chet el fuqarolarini Rossiya Federatsiyasidan chiqarib yuborish kabi jazo tayinlanganligi uchun asos bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, amaldagi qonunchilikka ko’ra, ma'muriy chora sifatida chiqarib yuborish migratsiya qonunchiligini takroran buzganlik uchun muqobil bo’lmagan jazo turi hisoblanadi.

"Rossiya Federatsiyasidan chiqish va Rossiya Federatsiyasiga kirish tartibi to’g’risida" 114-sonli Federal qonunining 27-moddasiga muvofiq, agar Rossiya Federatsiyasidan chiqarib yuborish kabi ma'muriy javobgarlik chorasi xorijiy fuqaroga yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxs, chet el fuqarosi ma'muriy chiqarib yuborilgan kundan boshlab besh yil davomida Rossiya Federatsiyasi hududiga kirishiga ruxsat etilmaydi.

Shuningdek, 2002 yil 25 iyundagi 115-sonli "Rossiya Federatsiyasida chet el fuqarolarining huquqiy maqomi to’g’risida" gi Federal qonuniga binoan ma'muriy chiqarib yuborish to’g’risidagi qarorga ko’ra, chet el fuqarosiga RVP, yashash uchun ruxsatnoma, fuqarolik, ishlash uchun ruxsatnoma berishni rad etish uni mamlakatdan chiqarib yuborish uchun asos bo’lishi mumkin. Lekin qarshi da'volar to’g’ri bo’lmasligi mumkin, chunki Rossiya Federatsiyasi hududida qarindoshlari yoki turmush o’rtog’ining bo’lishi qonuniy ravishda deportatsiyani taqiqlaydi, lekin ko’p hollarda bu sud qaroriga shikoyat qilish orqali amalga oshiriladi (hatto sud majlisi boshlanishidan oldin nikoh to’g’risidagi guvohnoma, vaqtinchalik boshpana, qochqinlik guvohnomasi yoki boshqa hujjatlari mavjud bo’lsa ham) yoki yana boshqa tartib bilan bekor qilinadi.

Deportatsiyadan farqli o’laroq, chiqarib yuborish ma'muriy huquqbuzarlik sifatida jazo hisoblanadi. Chiqarib yuborish ekstraditsiya jarayonining bir qismi sifatida amalga oshirilishi mumkin.

Chet elliklarni jamoaviy shaklda chiqarib yuborish taqiqlanadi.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil