Deputat soʻrovi (interpellyasiya) — parlament deputatining hukumatdan yoki ayrim vazirdan hukumatning umumiy siyosati masalalari boʻyicha yoki muayyan tadbirlar boʻyicha rasmiy tu-shuntirishni talab qilish huquqi. Oʻzbekistan Respublikasida barcha tizimdagi deputatlar tegishli organlarga va mansabdor shaxslarga soʻrov bilan murojaat qilish xuquqiga egadir. Bu huquq Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi toʻgʻrisida"gi qonuni (1995 yil 6 may)da belgilab qoʻyilgan.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil