Derbiklar
massagetlar siyosiy uyushmasi (konfederatsiyasi)ga kiruvchi sak qabilasi
Derbiklar — massagetlar siyosiy uyushmasi (konfederatsiyasi)ga kiruvchi sak qabilasi. S. P. Tolstovnit fikricha, D. Amudaryoning oʻrta oqimida hozirgi Chorjoʻy bilan Buxoro oraligʻida yashagan. Strabon (mil. av. 64— mil. 24) ning yozishicha, "D. Ona-Yerga eʼtiqod qilganlar; ular ayol jinsiga mansub hech qanday jonzotni qurbonlik qil-maydilar va yemaydilar; 70 yoshdan oshgan erkaklarni oʻldirishadi, jasadlarni yaqin qarindoshlar yeyishadi; kampirlarni esa boʻgʻishadi, soʻngra koʻmishadi; 70 yoshga toʻlmasdan vafot etgan erkaklarni ular yemasdan faqat dafn etishadi, xolos" (Strabon, Geografiya, 11, 8). Ktesiyning maʼlumotiga koʻra, axomaniylarnmng qudratli shohi Kir II D. bilan boʻlgan jangda halok boʻlgan.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |