Dermatozlar
Dermatozlar — teri va uning hosilalari (soch, tirnoq va b.) kasalliklarining umumiy nomi; alohida kasallik yoki boshqa biror umumiy kasalliklarning belgisi boʻlishi mumkin. Tashqi (ekzogen) va ichki (endo-gen) D. farq qilinadi. Tashqi D. ga atrof muhitdagi fizik (mexanik qitiqlovchilar, nur, issiq yoki sovuq va b.), kimyoviy (i.ch. va uy-roʻzgʻorda qoʻllaniladigan kimyoviy vositalar, dorilar, oziq-ovqatlar) va biologik (mikroorganizmlar, hasharotlar va b.) omillar sabab boʻladi. Ichki D. moddalar almashinuvining buzilishi, ichki kasalliklar, xususan meʼda-ichak kasalliklari, tish, murtak, oʻt pufagi va b. aʼzolardagi mavjud infeksiyalar tufayli paydo boʻladi. Koʻproq kasbga aloqador va allergik D. kuzatiladi. Kasallikning kechishi uning etiologidek va patogenezja bogʻliq.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |