Desna (daryo)
Desna — Sharqiy Yevropadagi daryo. Dneprnit chap irmogʻi. Uzunligi 1130 km. Havzasining mayd. 88,9 ming km2. Smolensk qirlaridan boshlanib, Kiyev shahardan 6 km yuqorida Dnepr daryosiga quyiladi. Asosan, qor, qisman yomgirdan suv oladi. Oʻrtacha suv sarfi 360 m3/sek. dekabrning boshlarida muzlab, aprel boshlarida muzdan boʻshaydi. Novgorod-Severskiy shahridan quyilish joyigacha kema qatnaydi. Baliq ovlanadi, yogʻoch oqizishda foydalaniladi.
Desna | |
---|---|
Desna Ukrainaning Chernigov shahridan oqib o'tadi. | |
Tavsif | |
Uzunligi | 1 130 |
Maydoni | 88 900 km² |
Suv sarfi | 360 m³/s |
Suv oqimi | |
Quyilishi | Dnepr |
Joylashuvi | |
Davlat | Rossiya, Ukraina |
Desna (daryo) |
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil