Desorbsiya (de... va lotincha sorbeo -yutaman) — adsorbentga yutilgan moddaning undan qayta ajralib chiqishi, adsorbsiyanit aksi. Adsorbent atrofidagi muhitda adsorbsiyalanuvchi modda konsentratsiyasining kamayishi yoki temperatura koʻtarilishi D.ga sabab boʻladi. D. laboratoriya amaliyotida adsorbentlarga yutilgan gaz, bugʻ yoki erigan moddalarni ajratib olishda qoʻllanadi.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil