Detander
Detander (frans. detendre — kucheizlantirish) — gazni sovitish uchun moʻljallangan mashina. D.da gazni sovitish jarayoni uni kengaytirish hisobiga amalga oshadi. D.ning har xil turlari bor. Ularning ichida porshenli D. va turbodetander keng tarqalgan. Porshenli D.da qisilgan gazning potensial energiyasi porshenni silindr ichida harakatlantiradigan ishga ayla-nadi, gaz kengayib soviydi. Bunday D. asosan yuqori va oʻrtacha bosimli sovitish qurilmalarida ishlatiladi. Turbodetander uzluksiz ishlaydigan kurakli mashina. Unda gaz oqimi soplo (qoʻzgʻalmas yoʻnaltiruvchi kanal)lar va rotorning aylanib turuvchi kurakli kanallar tizimi orqali oʻtadi. Shunda gazning potensial energiyasi kinetik energiyaga hamda mexanik ishga aylanadi, natijada gaz soviydi. Bunday D.lar gaz oqimining yoʻnalishi boʻyicha markazga intiluvchi, markazdan krchuvchi va oʻq boʻylab yoʻnaluvchi xillarga boʻlinadi. Soplolarda gazning kengayish darajasiga karab, faol (aktiv) va suyet (passiv), gazning kengayish pogʻonalari soniga koʻra bir va ikki pogʻonali D.ga boʻlinadi. Bir pogʻo-nali, markazga intiluvchi reaktiv D. koʻproq qoʻllanadi. Turbodetanderlar past, oʻrta va yuqori bosimli sovitish qurilmalarida ishlatiladi. D.lar gazlarni suyultirish qurilmalari, refrijeratorlar, havoni konditsirlash (meʼyorlash) qurilmalari va boshqalarda qoʻllanadi.
Turbodetander agregatining tavsifi
tahrirTurbodetander Rossiya, AQSh kabi yirik davlatlarda ishlab chiqariladi. Turbodetander agregati berilagan gaz boʻyicha ishlab chiqarish quvvati 9,0 mln. m³/k-n yoki 3,0 mlrd. m³/yil. Detanderning valiga gaz kelib urilishi hisobiga val 1 minutda 12500 — 13000-marta aylanishi va detander quvurining qisqarib kengayishi hisobiga gazning harorati (minus) — 20 0S gacha tushadi va gaz tarkibidagi suyuq uglevodorodlar butkul ajraladi. Past haroratli ajratish qurilmasi navbatini har bitta texnologik tarmogʻini 3 mln. m³/k-n ekanligini eʼtiborga oladigan boʻlsak, bu qurilmaga turbodetandrni bir kunlik ishlab chiqish quvvati 3 mln. m³/sutka detander oʻrnatish mumkin.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |