Detrit
Detrit (lotincha detritus — ezilgan) — suv havzasi tubiga choʻkadigan, suv yoki tuprokdagi mayda organik zarrachalar. D. tarkibiga hayvon, oʻsimlik va zamburugʻlarning chirigan qoldiqlari bilan birga bakteriyalar ham kiradi. D. organik moddalarning davra boʻylab aylanishi (detrik oziq zanjiri)da muhim aqamiyatga ega, koʻpchilik pelagik va suv tubida yashovchi hayvonlar — filtrlovchi va detritofaglar uchun oziq boʻladi. Baʼzan suvda muallaqturadigan barcha organik va anorganik zarralar D. deyiladi.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |