Devashtich qoʻzgʻoloni
Devashtich qoʻzgʻoloni (721722) — Panjikentda arablar zulmiga qarshi boʻlib oʻtgan xalq harakati. Gʻurak (qarang Gʻurak qoʻzgʻoloni) boshliq soʻgʻd aslzodalarining bir qismi arablar tomoniga oʻtgach, Panjikent hokimi Devashtich rahbarligida aslzoda dehqonlarning bir qismi kurashni davom ettirgan. Devashtich oʻzini Panch (Panchikant) hokimi (xvabu), Soʻgʻd podsho (ixshid)si deb eʼlon qildi. Arablarning Xurosondagi noibi Saʼid Harashiy qoʻzgʻolonni bostirish uchun katta qoʻshin yuborgan. Qoʻzgʻolonchilar Qum qishlogʻi yonida boʻlgan jangda magʻlubiyatga uchrab, Mugʻ togʻidagi mustahkam qalʼaga yashirindilar. Arablarning taʼqib etmaslik toʻgʻrisidagi vaʼdasidan soʻng qoʻzgʻolonchilar taslim boʻldi. Saʼid Harashiy soʻgʻdliklar qarshiligini bostirganligiga qaramay, Movarounnahrda arablarga qarshi kurash davom etaverdi.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- Kadirova T., Iz istorii krestyanskix vosstaniy v Maverannaxre i Xorasane v 8 i nachale 9 vv., T., 1965; Ishoqov M., Unutilgan podsholikdan xatlar, T., 1992.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |