Devonbegi
oʻrta asrlarda Sharqsagi islom davlatlarida oliy saroy mansablaridan biri
Devonbegi — 1) oʻrta asrlarda Sharqdagi islom davlatlarida oliy saroy mansablaridan biri. Sugʻorish, moliya, harbiy, aloqa, adliya va b. ishlarni yurituvchi mahkama (devon) boshligʻi; 2) Buxoro xonligida moliya va xoʻjalik ishlarini olib boruvchi mansabdor; 3) Xiva xonligida. D. devon mahkamasi orqali zakot yigʻish va bozorlarda joy puli olish, toʻplangan pullarning sarf-xarajat qilinishiga ham boshchilik qilgan, Bosh D.dan tashqari yana 3 ta D. boʻlib, ular viloyatlardagi bogʻ va dalalardan olingan hosilning hisobini olish, otlarga yem-xashak olib berish va saroyning mayda-chuyda xoʻjalik xarajatlarini ham boshqarishgan.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |