Deyvis dengizi
Deyvis dengizi — Hind okeanining Antarktida sohillaridagi chekka janubiy qismi, 87° va 98° shq. u. oraligʻida. Maydon 21 mingkm2. Eng chuqur joyi 1369 m. Yil davomida muzlar bilan qoplanib yotadi. Shoʻrligi 33—33,5%s. Dengiz sohilida Rossiya Federatsiyasining Mirniy stansiyasi joylashgan. Dengiz 1912-yilda Avstraliya ekspeditsiyasi tomonidan ochilgan va kema kapitani J. K. Deyvis nomi bilan atalgan[1].
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/3f/Antarctic-seas-en.svg/460px-Antarctic-seas-en.svg.png)
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |