Diafragma
Diafragma (yunoncha: diaphragma — toʻsiq) — 1) biror fizik sistemaning qismlarini ajratib turuvchi toʻsiq; 2) optikada — optik sistemalar (teleskop, mikroskop, spektroskop, kino va fotoapparatlar va b.) da yorugʻlik nuri dastasining koʻndalang kesimini cheklovchi noshaffof toʻsiq. Shaffof ekrandagi kichik teshik ham D. boʻladi. Linza va koʻzgu gardishi, koʻz qorachigʻi va b. optik buyumlar D. vazifasini bajaradi. Optik sistemaning yorugʻlik kuchi va tasvir sifati D.ning katta-kichikligi va vaziyatiga bogʻliq boʻladi. Foto- va kinoapparatlarda D. obyektiv ichida linzalar orasiga joylashtiriladi. Hozirgi zamon foto- va kinoobʼyektivlari iris D. bilan taʼminlanadi. Iris D. halqaga oʻrnatilgan bir nechta oʻroqsimon yaproqchalardan iborat. Halqani burib, obʼyektivdagi teshik kattaligini oʻzgartirish mumkin. Yorugʻlik nurlari optik sistemadan chiqayotganda ular maydonini gʻoyatda toraytiradigan D. apertura D.si deyiladi; 3) elektron optikada — zaryadlangan zarralar dastasi kesimini cheklovchi elektr oʻtkazuvchi plastin-kadagi tirqish; 4)oʻlchash texnikasida — quvurlardan oqayotgan bugʻ, gaz va suyukliklar sarfini oʻlchashda qoʻllaniladigan teshikli disk; 5) turbinalarda — yoʻnaltiruvchi apparat kurakchalari oʻrnatiladigan halqasimon toʻsiq; 6) gidrotexnika inshootlarida — gidravlik zulfin elementi; beton, temirbeton, metall, baʼzida yogʻochdan qilingan vertikal devor koʻrinishidagi qurilma.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |