Dialog
Dialog (yunoncha: dialogos — suhbat) — nutq turi; ikki yoki undan ortiq shaxsning bir-biriga qaratilgan nutqi. Dramada harakterlar va voqealar rivojini ifodalashning asosiy vositasi; nasrda (baʼzan nazmda) badiiy ifoda usuli. Mas, Alisher Navoiy "Farhod va Shirin" dostonida Hisrav bilan Farhod toʻqnashuvini Dialog vositasida taʼsirli qilib tasvirlaydi. Dialog mustaqil publitsistik va falsafiy janr hamdir (Platon Dialogi, Lukianning hajviy Dialoglari va b.).
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil