Diapedez
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Diapedez (qadimgi yunoncha: διαπηδάω – sakrab chiqaman, sakrayman) – qon hujayralarining kapillyarlar va mayda tomirlarning tonusi va oʻtkazuvchanligi buzilishi hisobiga, xususan, bu tomirlarni oʻrab turgan toʻqimalarning yalligʻlanishida kuzatiladigan tomir devorlari orqali chiqish jarayoni. Qon ketish turlaridan biri.
Neytrofillar diapedezi – neytrofillarning toʻqimalarga oʻtish jarayoni. Bunda, neytrofillar hujayralararo kontaktlarning buzilishi tufayli postkapillyar venulalarning endotelial hujayralari orasidagi boʻshliqlar (fenestralar)ga kirib boradi. Diapedez koʻchib yuruvchi neytrofillar va endotelial hujayralar tomonidan ifodalangan PECAM-1 adgezion molekulalari tomonidan taʼminlanadi.