Diego Simeone
Diego Pablo Simeone González (talaffuzi: Diego Pablo Simeone Gonsales) — argentinalik futbolchi va futbol murabbiyi. Himoyachi yarim himoyachi sifatida oʻynagan. Ispaniyaning „Atletico Madrid“ klubi bosh murabbiyi.
Diego Simeone | |
---|---|
Umumiy maʼlumotlari | |
Ism sharifi | Diego Pablo Simeone González |
Tugʻilgan | 28-aprel 1970-yil(52 goda) |
Fuqarolig | |
Boʻyi | 177 cm |
Pozitsiyasi | yarim himoyachi |
Klub | |
Lavozimi | Bosh murabbiy |
Wikimedia Commonsdagi media fayllar |
Oʻyinchi sifatidagi karyerasi
tahrirJamoalardagi faoliyati
tahrirKlublar miqyosida Diego Simeonening asosiy muvaffaqiyatlari Ispaniya va Italiya klublaridagi oʻyinlari bilan bogʻliq. „Atletico Madrid“ tarkibida Diego 1995-1996-yilgi mavsumda chempionlik va Ispaniya kubogini qoʻlga kiritdi.
„Atletico“dagi uch mavsumdan soʻng Simeone 1997-yilda „Inter“ga oʻtgan va u yerda ikki mavsum oʻtkazdi. 1999-yilda argentinalik futbolchi „Latsio“ga oʻtgan. Rim klubi tarkibida 1999-2000-yilgi mavsumda Diego „oltin dubl“ga erishdi, chempionlik va kubokni qoʻlga kiritdi.
Ispaniya Superkubogi uchun „Real Madrid“ga qarshi oʻyinda u bosh hakamga manjet berdi, buning uchun u 8 oʻyinga diskvalifikatsiya qilindi[1].
Jamoalardagi karyerasi
tahrirU 1988-yilda 18 yoshida terma jamoadagi debyutini oʻtkazgan.
1991-1993-yillarda milliy terma jamoa tarkibida Amerika kubogini, 1996-yili Atlantadagi Olimpiya o‘yinlarining kumush medalini qo‘lga kiritgan.
Murabbiylik karyerasi
tahrir2009-yil 15-aprelda Simeone San-Lorenso klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi. 2010-yilning 4-aprelida Simeone soʻnggi 12 oʻyinda 7 ta magʻlubiyatdan soʻng isteʼfoga chiqgan[2][3].
2011-yil 19-yanvarda u Italiyaning „Catania“ klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Shartnoma 2012-yil 30-iyungacha imzolangan[4]. 2011-yilning 1-iyunida Diego Italiya klubi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi[5][6].
2011-yilning 17-iyunida Simeone „Racing Club“ boshqaruvini qabul qilgan. Jamoa bilan Diego Argentina chempionatida kumush medallarni qoʻlga kiritgan[7]. 2011-yil 20-dekabrda u oʻz lavozimidan isteʼfoga chiqgan[8].
„Atletico Madrid“
tahrir2011-yil 23-dekabrda u bir kun oldin ishdan boʻshatilgan Gregorio Manzano oʻrniga Ispaniyaning „Atletico Madrid“ klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan[9]. Birinchi mavsumda Simeone jamoasi bilan Yevropa ligasida gʻolib chiqishga muvaffaq boʻldi va finalda Ispaniyaning boshqa klubi „Bilboko Athletic“ni 3:0 hisobida magʻlub etdi[10].
2020-yil 30-dekabr kuni u „Atletiko Madrid“ murabbiyi sifatidagi 500-uchrashuvini „Xetafe“ga qarshi o‘tkazgan[11].
Statistikasi
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Kubog | Super kubog | Kontinental | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | ||
Vélez Sársfield | 1987 | 28 | 4 | ||||||||
1988-1989 | 16 | 2 | |||||||||
1989-1990 | 32 | 8 | |||||||||
Jami | 76 | 14 | |||||||||
Pisa | 1990-1991 | 31 | 4 | 1 | 0 | — | — | 32 | 4 | ||
1991-1992 | 24 | 2 | 1 | 0 | — | — | 25 | 2 | |||
Jami | 55 | 6 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 57 | 6 | |
Sevilla | 1992-1993 | 33 | 4 | 0 | 0 | — | — | 33 | 4 | ||
1993-1994 | 31 | 8 | 0 | 0 | — | — | 31 | 8 | |||
Jami | 64 | 12 | 0 | 0 | 64 | 12 | |||||
Atlético Madrid | 1994-1995 | 29 | 6 | 8 | 2 | — | — | 37 | 8 | ||
1995-1996 | 37 | 12 | 8 | 0 | — | — | 45 | 12 | |||
1996-1997 | 32 | 3 | 3 | 0 | 2 | 0 | 7 | 4 | 44 | 7 | |
Jami | 98 | 21 | 19 | 2 | 2 | 0 | 7 | 4 | 126 | 27 | |
Inter Milan | 1997-1998 | 30 | 6 | 2 | 0 | — | 9 | 1 | 41 | 7 | |
1998-1999 | 27 | 5 | 7 | 0 | — | 9 | 2 | 43 | 7 | ||
Jami | 57 | 11 | 9 | 0 | 0 | 0 | 18 | 3 | 84 | 14 | |
Lazio | 1999-2000 | 28 | 5 | 7 | 2 | — | 12 | 0 | 47 | 7 | |
2000-2001 | 30 | 2 | 2 | 0 | 1 | 0 | 8 | 1 | 41 | 3 | |
2001-2002 | 8 | 1 | 0 | 0 | — | 5 | 0 | 13 | 1 | ||
2002-2003 | 24 | 7 | 3 | 0 | — | 7 | 0 | 34 | 7 | ||
Jami | 90 | 15 | 12 | 2 | 1 | 0 | 32 | 1 | 135 | 18 | |
Atlético Madrid | 2003-2004 | 28 | 2 | 4 | 0 | — | — | 32 | 2 | ||
2004-2005 | 8 | 0 | 1 | 0 | — | 6 | 1 | 15 | 1 | ||
Jami | 36 | 2 | 5 | 0 | 0 | 0 | 6 | 1 | 47 | 3 | |
Racing | 2004-2005 | 17 | 2 | — | 17 | 2 | |||||
2005-2006 | 20 | 1 | — | 20 | 1 | ||||||
Jami | 37 | 3 | — | 37 | 3 | ||||||
Umumiy karyerasi | 513 | 84 | — | 626 | 97 |
Yutuqlari
tahrirOʻyinchi sifatidagi yutuqlari
tahrir„Atletico Madrid“
- Ispaniya chempioni: 1995-1996-yil
- Ispaniya kubogi sohibi: 1995-1996-yil
- Ispaniya Superkubogi finalchisi: 1996-yil
- UEFA Intertoto kubogi finalchisi: 2004-yil
"Internazionale"
- UEFA kubogi sohibi: 1997-1998-yil
"Lázio"
- Italiya chempioni: 1999-2000-yillar
- Italiya kubogi sohibi: 1999-2000-yillar
- Italiya Superkubogi sohibi: 2000-yillar
- UEFA Superkubogi sohibi: 1999-yil
Argentina terma jamoasida
- Amerika kubogi gʻolibi (2): 1991, 1993
- Qirol Fahd kubogi sohibi: 1992-yil
- Artemio Franchi kubogi sohibi: 1993-yil
- Olimpiya kumush medali sovrindori: 1996-yil
„Atletico Madrid“
- Ispaniya chempioni (2): 2013-2014, 2020-2021
- Ispaniya kubogi sohibi: 2012-2013
- Ispaniya Superkubogi sohibi: 2014-yil
- UEFA Yevropa ligasi gʻolibi (2): 2011-2012, 2017-2018
- UEFA Superkubogi gʻolibi (2): 2012, 2018
- UEFA Chempionlar Ligasi finalchisi (2): 2013-2014, 2015-2016
Shaxsiy yutuqlari
tahrir- Ispaniyada yilning eng yaxshi murabbiyi (2): 2013, 2014
- Migel Muñoz mukofoti (2): 2014, 2016
Manbalar
tahrir- ↑ „Симеоне дисквалифицирован на восемь матчей“. 2014-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 25-avgust.
- ↑ „Симеоне покинул пост наставника "Сан-Лоренсо"“. Чемпионат.ру (2010-yil 4-aprel). 2010-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 4-aprel.
- ↑ „Diego Simeone es el nuevo técnico de San Lorenzo“ (es). lanacion.com (2009-yil 15-aprel). 2012-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 25-aprel.
- ↑ „Diego Pablo Simeone è il nuovo allenatore del Catania“ (it). Sito ufficiale del Calcio Catania (2011-yil 19-yanvar). 2012-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-yanvar.
- ↑ „Симеоне покинул пост наставника «Катании»“. 2011-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 1-iyun.
- ↑ „Risoluzione consensuale del contratto per mister Simeone ed il suo staff“ (it). Sito ufficiale del Calcio Catania (2011-yil 1-iyun). 2012-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 1-iyun.
- ↑ „Симеоне возглавил аргентинский "Расинг"“. Чемпионат.com (2011-yil 22-iyun). 2011-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-iyul.
- ↑ „Симеоне ушёл в отставку с поста главного тренера «Расинга»“. 2014-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 20-dekabr.
- ↑ „Simeone, nuevo entrenador del Atlético de Madrid“ (es). Sitio oficial del Club Atlético de Madrid (2011-yil 23-dekabr). 2012-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 23-dekabr.
- ↑ „Argentinier Simeone neuer Trainer bei Atlético Madrid“ (de). transfermarkt.de (2011-yil 23-dekabr). 2012-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 23-dekabr.
- ↑ „Simeone nuovo tecnico dell'Atletico Madrid“ (it). Corriere dello Sport (2011-yil 23-dekabr). 2012-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 23-dekabr.