Charles Dickens
Charlz Jon Xaffem Dikkens (inglizcha: Charles John Huffam Dickens; 7-fevral 1812 – 1870) – ingliz yozuvchisi. Adabiy faoliyati 1833-yilda boshlangan. Mehnatkash xalqning ogir axvoli Dkkens asarlarining bosh mavzusi boʻlgan. Dikkens tanqidiy realizm uslubining asoschilaridan hisoblanadi. Hajviy-sentimental ruhda yozilgan Pikvik klubining oʻlimidan keyingi yozishmalari (1837), Oliver Tvistning sarguzashtlari (1838), Nikolas Niklbi (1839) romanlari Dickkensni dunyoga mashhur qildi. 19-asrning 40—50-yillari Dikkens ijodi gullagan davr boʻldi. „Martin Chuzzlewit“ (1844) romanida Amerika voqeligidagi salbiy tomonlar tasvirlangan. Dombi va oʻgʻli (1848) romanida insonlik qiyofasini yoʻqotgan, manmansiragan ingliz boyvachchalari hajv tigʻi ostiga olingan. Tarjimai hol yoʻsinidagi „David Copperfield“ (1850) romanida esa oʻsha zamonning ijtimoiy ziddiyatlari koʻrsatilgan. Dikkens asarlarida, umuman oddiy kishilar qiyofasi zoʻr mahorat bilan aks etadi. 1848-yilda Angliyada chartistlar (yoʻqsullar) harakati magʻlubiyatga uchragan davrda Dikkens dolzarb ijtimoiy muammolarni qalamga oldi (Sovuq uy, 1853; „Mashaqqatli zamon“, 1854; Jajji Dorrit, 1857 va boshqalar). Bular orasida, ayniqsa, Mashaqqatli zamon romani alohida ahamiyatga ega.
Charlz Dikkens | |
---|---|
![]() Dikkens (Nyu-York, tax. 1867–1868) | |
Tavalludi |
Charles John Huffam Dickens 7-fevral 1812-yil Portsmaut, Angliya |
Vafoti |
9-iyun 1870-yil (58 yoshda) Xaym, Kent, Angliya |
Fuqaroligi | United Kingdom of Great Britain and Ireland |
Kasbi | Yozuvchi |
Turmush oʻrtogʻi |
Ketrin Dikkens (turm. 1836; ajr. 1858) |
Otasi | John Dickens |
Onasi | Elizabeth Dickens |
Imzosi | |
![]() |
„Ikki shaharcha toʻgʻrisida qissa“ (1859), „Intizorlik“ (1861), „Bizning umumiy doʻstimiz“ (1865) kabi romanlarida esa Dikkens jamiyatni ijtimoiy inqirozdan olib chiqish yoʻllarini badiiy vositalar yordamida tasvirlaydi.
„Oliver Tvistning sarguzashtlari“ romani oʻzbek tilida nashr qilingan (1984).
Yoshlik davri
tahrirCharlz Dikkens 1812-yil 7-fevralda 1 Mayl End Terres (hozirgi 393 tijorat yoʻli), Portsi orolining Lendport shahrida dunyoga kelgan. Otasi dengiz harbiy xizmatchilari ishida ishchi boʻlib, tumanda vaqtinchalik xizmat qilgan.
1815-yil yanvar oyida Jon Dikkens Londonga qaytarilib, oilasi oldiga Norfolk Street, Fitzroviaga koʻchib oʻtgan[1][2]. Charlz toʻrt yoshligida Shirnessga koʻchib oʻtishgan va u yerdan Kentning Chatham shahriga koʻchib ketishgan. Garchi u oʻzini „oʻta kichik va uncha gʻamxoʻrlik koʻrsatilmagan oʻgʻil“ deb hisoblagan boʻlsa-da uning yosh hayoti osoyishtalik bilan oʻtgan[3]. U siyosatshunos jurnalist sifatida Parlament bahslaridan bayonot berib ishlagan va Morning Chronicle uchun saylov harakatlarini qamrab olish maqsadida Britaniyani sayohat qilib chiqqan[4].
Faoliyati
tahrirJurnalism va Yozuvchilik
tahrir1832-yil, oʻzining 20 yoshida Dikkens kuchli va oʻziga ishonadigan boʻlgan[5]. Taqlid sanʼati va mashhur koʻngil ochar oʻyinlarni yoqtirgan. Oʻzi aniq nima xohlashini bilmagan boʻlsa ham mashhur boʻlishiga ishonchi komil boʻlgan. Teatrga jalb etilgan vaqtlarida Garrick Club[6] teatriga aʼzo boʻlgan. Dikkens sinchkovlik bilan tayyorgarlik koʻrib boʻlgach komik Charlz Metyusga taqlid qilgan, ammo sovuq havo tufayli ijro qoldirilgan. boshqa imkoniyat tayyor boʻlishidan oldin u oʻz karyerasida yozuvchilikka qadam qoʻygan[7].
1833-yilda Dikkens oʻzining „A Dinner at Poplar Walk“ nomli birinchi hikoyasini Londonning davriy Monthly jurnalida chop ettirgan[8]. Uning amakisi Uilyam Berrou unga The Mirror of Parlamentdan ish taklif qilgan va Dikkens birinchi marta 1832-yilda Kommunlar palatasida ishlagan. U siyosatshunos jurnalist sifatida Parlament bahslaridan bayonot berib ishlagan va Morning Chronicle uchun saylov harakatlarini qamrab olish maqsadida Britaniyani sayohat qilib chiqqan[9].
Manbalar
tahrir- ↑ Callow 2012, s. 5
- ↑ Callow 2012, s. 5
- ↑ Forster 2006, s. 13 .
- ↑ Tomalin, Claire. Charles Dickens: A Life. Penguin, 2011. ISBN 9781594203091.
- ↑ Callow 2009, s. 48
- ↑ Tomalin 1992, s. 7
- ↑ Tomalin 1992, s. 76
- ↑ Patten 2001, ss. 16–18 .
- ↑ Tomalin, Claire. Charles Dickens: A Life. Penguin, 2011. ISBN 9781594203091.
Adabiyotlar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |