Diktatura
Diktatura (lotincha: dictatura — cheklanmagan hokimiyat) — davlat hokimiyatini nodemokratik usullar bilan amalga oshirish tizimini ifodalovchi tushuncha, avtoritar yoki totalitar rejim. Diktaturaga asoslangan siyosiy rejimdagi hokimiyatda, bir shaxs — diktator yoki bir necha shaxslarning qoʻlida markazlashadi, siyosatda zoʻravonlik va terror kuchayadi. Diktatura oʻrnatilganligi diktatorlik hokimiyatining cheklanmaganligi va nazoratsizligi, konstitutsiya eʼlon qilgan demokratik huquqlar va erkinliklar toptalishi, vakillik organlarining huquqlari cheklanishi bilan ajralib turadi. Hokimiyat toʻgʻridan-toʻgʻri zoʻravonlikka tayanadi. Odatda, yirik ijtimoiy guruhlar Diktaturani ifoda etuvchi kuch sifatida namoyon boʻlsa ham, u bir shaxs yoki bir guruh shaxslarda mujassamlashadi (Qadimgi Rimda harbiy boshliqlar Diktaturasi va triumviratlar, mutlaq monarxlar, hozirgi avtoritar tuzumlar, xuntalar va hokazo). Tarixga koʻra, biron-bir davlatda Diktatur oʻrnatilishi, odatda, ichki oʻzaro kurash gʻoyat keskin tus olgan davrlar bilan bogʻliq boʻlgan (Masalan, Ispaniyada Franko Diktaturasi, natsistlar Germaniyasida fashistlar Diktaturasi, sobiq shoʻrolar davrida Stalin Diktaturasi va b.).
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |