Diktor
Diktor (lot. dictor — soʻzlovchi) — radio va televideniye da mikrofon oldida, telekamera qarshisida tayyor matnni oʻquvchi shaxs. D. xushovoz boʻlishi, diksiyasi kuchli va til nor-malarini puxta bilishi zarur. D.likka nutqi, ovozi, qobiliyatiga qarab tanlov yoʻli bilan qabul qilinadi. Oʻzbekistonda D.lik kasb sifatida 1924-yil ajralib chikdi va rivoj topa boshladi. D.lik sanʼatining takomillashuvi va tajribaning oshib borishi natijasida D. ijrosining harakteri (ogʻzaki nutqqa yaqinlashuv, gapirishda katta erkinlik, dadillik va b.) ham oʻzgara bordi. Mustaqillikdan soʻng Oʻzbekistonda D.lik sanʼati alohida tus oldi. D.larning matnga qaramay erkin, shu bilan birga juda chiroyli va ravon tilda gapirishi koʻzga tashlanadi. Hozirda turli mavzudagi eshittirishlarni D.lar bilan bir qatorda jurnalistlar va b. kasb egalari ham juda qiziqarli va har biri oʻziga xos tarzda olib bormoqdalar. Mirqodir Maqsumov, Tuygʻunoy Yunusxoʻjayeva, Oʻktam Jobirov, Nasiba Ibrohimova, Nasiba Qambarova, Galina Melnikova, Rahmatilla Mirzayev, Bahri Soatqulova, Raʼno Joʻrayeva, Qodir Tojiyev, Mirzohid Rahimov kabi D.lar tanilgan.
Kinoda — film matnini oʻqib, voqeani sharxlovchi kishi. Odatda, ekranda koʻrinmaydi, faqat nutqi kinotasmaga yozib olinadi. Koʻpincha muallif matni D.ga ishonib topshiriladi. Baʼzan kinooperator, rej., ssenariy muallifining oʻzi ham D.lik qiladi ("Tojixon bilan uchrashuvlar", "Toshkentda bir qiz yashaydi" filmlari va b.). O. Xoʻjayev, R. Hamroyev, S. Saidov, A. Rafiqov kabi aktyorlarning kinodagi D.lik faoliyati alohida ahamiyatga molikdir.
Mohina Ashirova.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |