Diler (ing. dealer — savdogar, agent) — 1) qimmatli qogʻozlar valyutalar, qimmatbaho metallar va b. oldisotdisini, birja operaiiyalarini oʻz nomidan va shaxsiy mablagʻlari hisobiga amalga oshiruvchi fond birjasi aʼzosi, jismoniy yoki yuridik shaxs; 2) mahsulotni ulgurji (koʻtara) sotib olib, uni chakana yoʻl bilan yoki kichik partiyalarda foydasiga sotuvchi biznes ishtirokchisi, jismoniy yoki yuridik shaxs. Odatda, bunday agentlar mahsulot ishlab chikaruvchi firmalarning dilerlik tarmoqlarida faoliyat yuritadi.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil