Dilorom Ahmedova
Dilorom Ilxamovna Ahmedova — (1957-yil, 5-fevral, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — taniqli oʻzbekistonlik olima. Tibbiyot fanlari doktori (1998), professor (2002). Rossiya federatsiyasi Tibbiyot va texnika fanlari akademiyasi akademigi.
Dilorom Ahmedova | |
---|---|
Tavalludi |
5-fevral 1957-yil Toshkent, O'zbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Millati | oʻzbek |
Sohasi | tibbiyot |
Tarjimayi holi
tahrirDilorom Ahmedova 1957-yil 5-fevralda Toshkent shahrida tavallud topgan[1]. U 1980-yil O’rta Osiyo Pediatriya tibbiyot institutini tugatgan. Koʻp yillar mobaynida tibbiyot, pedagogika, siyosiy sohalarda faoliyat yuritib kelmoqda. U 2001—2006-yillar respublika bosh pediatri, 2006—2010-yillar Toshkent pediatriya tibbiyot institutida ilmiy ishlar boʻyicha prorektor, 2010—2012-yillar Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi RIPIATM direktori kabi lavozimlarda faoliyat yuritib kelmoqda. Bundan tashqari, Tosh qoshidagi onalik va bolalik boʻyicha Ilmiy kengash raisi oʻrinbosari, „Organizatsiya i upravlenie zdrovoxraneniem“, „Pediatriya“ ilmiy-amaliy jurnali bosh muharriri muovini, „Shoshilinch tibbiyot axborotnomasi“ va „Pediatricheskaya farmokologiya“ (Rossiya) jurnallari tahrir hay’ati aʼzosi, Xalqaro va respublika forumlarining ishtirokchisi va tashkilotchisi[2].
Ilmiy faoliyati
tahrirDilorom Ahmedova 400 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi. U shuningdek, 4 ta mualliflik guvohnomasi va 2 ta kashfiyotga patent olgan. Dilorom Ahmedova 5 nafar fan doktori, 14 nafar fan nomzodini tayyorlagan. Uning neonatologiya va pediatriya sohasida olib borgan ilmiy izlanishlari dunyo boʻylab keng qoʻllanilmoqda. Olima tomonidan JSST, UNISEF zamonaviy texnologiyalari va ilmiy-tekshirishlar asosida bolalarga sogʻliqni saqlashning birinchi boʻgʻinida tibbiy xizmat koʻrsatishning sifatini oshirish boʻyicha intervensiyalar toʻplami ishlab chiqildi.
Mukofotlari
tahrirDilorom Ahmedova O’zbekiston Respublikasi fan va texnika sohasidagi I darajali Davlat mukofoti laureate, „Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi“ unvoni, „Oʻzbekiston mustaqilligiga 20-yil“ esdalik nishoni bilan mukofotlangan.
Manbalar
tahrir- ↑ Заведующая кафедрой Ахмедова Дилором Илхамовна
- ↑ Jovliyev I, Yaxshiboyeva U, Arzikulova D, Hasanova L. Oʼzbekiston ayollari. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2019 — 224-bet. ISBN 978-9943-07-694-5.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |