Dimitra Dova
Dimitra Dova (grekcha: Δήμητρα Ντόβα; 1974-yil 2-iyulda tugʻilgan) — 400 metrga yugurish boʻyicha ixtisoslashgan yunon sprinteri.
Hayoti
tahrirDimitri Dova 1974-yilning 2-iyunida Gretsiyaning poytaxti Afinada tugʻilgan.
Dimitra Dova 2005-yilda Ispaniyaning Almeriya shahrida boʻlib oʻtgan Oʻrta yer dengizi oʻyinlarida 52,67 soniya natija qayd etib, oʻz vatandoshi Fara Anaxarsisni soniyaning uch yuzdan bir qismiga (0.03) magʻlubiyatga uchratib, oltin medalni qoʻlga kiritdi[1].
Dova 2004-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida mezbon mamlakat Gretsiya nufuzini himoya qilgan. Musobaqalar u tugʻilib oʻsgan shahar Afinada boʻlib oʻtgan. Dimitri Dova ayollar oʻrtasida 4 × 400 m estafeta bahslarida oʻz milliy sprint jamoasi uchun 3:45,70 vaqt bilan sakkizinchi oʻrinni egallashiga xissa qoʻshgan.
2008-yil Pekinda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Dova bu safar ayollar oʻrtasida 400 metrga yugurish boʻyicha yakkalik sportchi sifatidaishtirok etdi. U beshinchi bosqichda boshqa olti sportchiga, jumladan, amerikalik trek yulduzi Sanya Richards bilan tengma-teng yugurdi. Sanya Richards finalda marraga uchinchi boʻlib kelib, olimpiya oʻyinlarining bronza medalini qoʻlga kiritdi. Dimitri Dova esa 52,69 soniya natija bilan yaponiyalik Asami Tannodan sekundning toʻqqiz yuzdan bir qismiga (0,09) ortda qolib, beshinchi oʻrinni egalladi. Biroq, Dova yarim finalga chiqa olmadi, chunki u umumiy hisobda yigirma toʻqqizinchi oʻrinda turgan edi va keyingi bosqich uchun uchta majburiy oʻrindan pastki natijalarni namoyon etgan edi[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „Greece take three Golds in Almeria“. European Athletics. 14-aprel 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-dekabr 2012-yil.
- ↑ „Women's 400m Round 1 – Heat 5“. NBC Olympics. 21-avgust 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-dekabr 2012-yil.