Dimorfizm
Dimorfizm (di... va yun. morphe — shakl) — bir turga mansub organizmlarda morfo-fiziologik belgilari bilan bir-biridan keskin farq qiladigan shakllarning mavjud boʻlishi. D. mavsumiy, jinsiy va ekologik boʻladi. Mavsumiy D. — bir turga mansub individlarning bir-biridan mavsumiy farq qilishidir. Mac, ola qanotli kapalak tuxumlaridan bahorda qanotlari 28–32 mm boʻlgan qizgʻishsariq, yozda esa qanotlari 30–35 mm boʻlgan qora-jigarrang kapalaklar chikali. Jinsiy D. hayvonlar orasida keng tarqalgan, mas, erkaklari bilan urgʻochilarining katta-kichikligi, rangi, tashqi koʻrinishida farq boʻladi (tovuq bilan xoʻroz). Ekologik D. — yashash sharoitiga binoan yuz beradigan oʻzgarishlar. D. nayel almashinishida ham kuzatiladi. Mas, salplarning yakka va koloniya boʻlib yashaydigan shakllari, parazit chuvalchanglarning jinsiy va jinssiz nasllari boʻladi. Oʻsimliklarda bir tur individlari orasida tashqi koʻrinishi bilan farq qiladigan individlar uchraydi. Mas, nasha oʻsimligida changchili va urugʻchili toʻpgullar har xil tuzilgan.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |