Dinamika (grekcha: „dinamikos“ — kuchga oid, kuchli) — 1) muayyan asarning nota yozuvida va bevosita uni ijro etishda tovushlar sadolanishi kuchi (baland-pastligi)ning oʻzgaruvchanligi; 2) shu oʻzgaruvchanlikni ifodalovchi belgilar majmui; 3) mazkur jarayonni oʻrganuvchi taʼlimot.

Dinamika musiqiy ifodaning muhim vositalaridan boʻlib, xalq va professional ijod hamda ijrochilikda qadimdan qoʻllanilib kelingan. Dinamika atamasi ilk bor shveysar musiqa oʻqituvchisi X. Negeli tomonidan 1810-yilda joriy etilgan degan taxmin bor. Dinamikaning eng aniq, yaʼni kuchli, baland — forte, fortissimo; kuchsiz, past, sekin — piano, pianissimo va boshqa turlari qoʻllanadi. Shu bilan birga, muayyan dinamikadan boshqasiga asta-sekin oʻtib boruvchi (sadoning kuchayishi — crescendo, sadoning pasayishi — diminuendo) turlari ham joriy etilgan. Ijodiy amaliyotda butun bir asarni muayyan dinamika xususiyatlariga izchil tayanib yaratish misollari uchrab turadi. Masalan, O. Lassonit "Aks sado" xori "r"larning qarama-qarshiligiga, M. Ravelning "Bolero" simfonik manzarasi sadolanishining "rr"dan izchil kuchayishi, yaʼni dinamikaning asta-sekin orta borishi va crescendo orqali oʻz avjiga koʻtarilishiga asoslangan.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil