Dinamometr

Dinamometrda kuch (Nyuton) o'lchanadi

Dinamometr (qadimgi yunoncha: δύναμις – „kuch“ va μέτρεω) – kuch yoki burovchi momentni oʻlchaydigan asbob. Dinamometr kuch zvenosi (qayishqoq element) va hisoblash qurilmasidan iborat. Vazifasiga koʻra, namuna (etalon) va ish dinamometrlari boʻladi. Namuna dinamometr laboratoriya sharoitida mashina, mexanizm va materiallarga taʼsir etuvchi kuchlarni oʻlchashda qoʻllanadi. Ish dinamometrlari avtomobil, traktor, lokomobillarning tortish kuchlarini, qishloq xoʻjaligi mashin aqurollarining tortishga qarshiligini oʻlchashda ishlatiladi. Ish tarziga koʻra mexanik, gidravlik va elektr dinamometrlar boʻladi. Gidravlik va elektr dinamometrlar dinamograflarning kuch zvenosi sifatida ishlatiladi. Tibbiyotda dinamometr mushaklarning eng yuqori kuchini oʻlchashda ishlatiladi. Antropologiya, nevrapotologiya, ortopediya, harbiy tibbiyot, fiziologiya, sport tibbiyoti va hokazoda qoʻllanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.