Dinner in the Sky
Dinner in the Sky (tarjimasi „Osmonda kechki ovqat“) — Belgiyada joylashgan yangi uslubdagi restoran. Mazkur restoran maxsus kran yordamida oʻz mehmonlarini, xizmat xodimlarini va jihozlarni havoda 150 fut (46 metr) balandlikka koʻtaradi[1]. Forbes jurnali uni dunyodagi eng noodatiy oʻnta restoranlardan biri deb tan oldi[2].
Dinner in the sky restoranining mobil xizmatlari 60 ta davlatda mavjud va turli shaharlarda, jumladan Parij[3] va Las-Vegasda oʻz mijozlariga xizmat koʻrsatmoqda[4].
Tarixi
tahrir2007-yilda marketing va kommunikatsiya kompaniyasi egasi David Ghysels Jeunes Restaurateurs d’Europe uyushmasi uchun ochiq osmonda mijozlarga kechki ovqat tortish maqsadida bungee jumping yaʼni arqondan sakrash sporti tashkilotchisi Stefan Kerkhofs bilan hamkorlik qildi. Koʻp oʻtmay, Ghysels va Kerkhofs butun dunyo boʻylab oʻzlarining havoda kechki ovqat kontseptsiyasini oʻz davlatida ochishni istagan tadbirkorlardan telefon qoʻngʻiroqlarini qabul qila boshladilar. Hamkorlar keyinchalik oʻz gʻoyalarini franshiza asosida dunyo boʻylab tarqatishga ahd qildilar.[5] Ghyselsning xulosasiga koʻra, odamlar odatiy restoranlardan zerika boshlashgandi. Noodatiy uslubdagi restoran ayni muddao edi.[6]
2008-yilda Las-Vegas shahrida istiqomat qiluvchi Michael Hinden va uning rafiqasi Janeen savdo koʻrgazmadsida ishtirok etib, Dinner in the Sky restorani mavjudligi va uning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.[5] 2008-yilning 31-dekabr sanasida Hindenslar oilasi ushbu noyob uslubdagi restoranni Las Vegas shahrida yangi yil bazmini oʻtkazish uchun doʻstlari va biznes hamkorlari uchun ishga tushirdilar.[5] [7] 2009-yilning mart oyidan boshlab Michael Hinden Dinner in the Sky restorani toʻliq faoliyatini Las Vegasning Gʻarbiy Sahara shoh koʻchasida yoʻlga qoʻydi. Mazkur restoranning asosiy faoliyat kunlari haftaning shanba va yakshanba kunlari qilib belgilandi.[8]
2009-yilning avgust oyiga kelib, Dinner in the Sky restorani Kanada va Xitoy kabi oʻndan ortiq yirik davlatlarda xoʻrandalarni musaffo osmonda, moʻjizaviy balandlikda mehmon qilishni boshlagan edi. Oʻsha paytda Hinden oʻz restoranini Trump xalqaro mehmonxonasining yaqinida joylashgan hamda avvalroq sotuv ofisi boʻlgan Las-Vegas Strip nomli boʻsh binoga koʻchirishni moʻljallayotgan edi. Ayni vaqtda, 15 nafar ishchisiga ega boʻlgan ushbu restoran endilikda yangi manzilda haftada 6 kun ishlashni rejalashtirayotgan edi. Ammo, koʻchaning qarama-qarshi tomonida joylashgan Wynn va Encore nomli koʻchmas mulklar egasi Steve Wynn mazkur rejaga qarshi chiqdi. Uning fikriga koʻra, Dinner in the Sky restorani koʻproq attraksionga oʻxshar edi.[8] Shuningdek, Echelon Place loyihasi egasi Boyd Gaming ham restoranning yangi manzilda faoliyatini boshlashiga qarshilik qildi.[9] Natijada esa, Hindenning manzilni koʻchirish gʻoyasi havfsizlik qonun-qoidalariga zid deb topildi va mahalliy hokimiyat tomonidan rad etildi.[10]
Va nihoyat, 2013-yilning yanvar oyida Dinner in the Sky restorani Las Vegasning City Center yaʼni shahar markaziga koʻchdi. Yangi manzil restoran egasiga $4 millionga tushdi va oʻz ichiga ofis, restoran hamda barni oldi.[11] Restoranning tantanali ochilish marosimi Las Vegasning qoq markazida 2013-yil iyun oyida boʻlib oʻtdi.[12] Mazkur restoran kompaniyaning doimiy manzilga ega boʻlgan ilk restorani edi.[5]
Manba
tahrir- ↑ Biesemans, Bart. „Fifty meters up and two apart - Belgium's dinner-in-the-sky relaunches“. Reuters (2020-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 16-noyabr.
- ↑ „10 Unusual Restaurants Around The World“. Forbes (2006-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 16-noyabr.
- ↑ „Un restaurant au bord du vide“ (French). 20minutes.fr (2009-yil 14-sentyabr). 2009-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 3-dekabr.
- ↑ „Dinner in the Sky Las Vegas“.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 Daley. „Meet the Franchise Serving Dinner in the Sky“. Entrepreneur (2014-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 26-yanvar.
- ↑ „Caviar? Golden cake? The world's most extravagant meals“. Reuters (2009-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 16-noyabr.
- ↑ „Desperately seeking DJ“. Las Vegas Sun (2008-yil 31-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 26-yanvar.
- ↑ 8,0 8,1 Schoenmann, Joe. „Dining while dangling above Strip proposed“. Las Vegas Sun (2009-yil 16-avgust). Qaraldi: 2017-yil 26-yanvar.
- ↑ Wyland, Scott. „Crane-based restaurateur's attempt to move along the Strip thwarted“. Las Vegas Review-Journal (2009-yil 22-sentyabr). 2017-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-yanvar.
- ↑ Wyland, Scott. „County rejects Strip site for Dinner in the Sky“. Las Vegas Review-Journal (2009-yil 20-avgust). 2017-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-yanvar.
- ↑ Shine, Conor. „New restaurant to offer customers 'Dinner in the Sky'“. Las Vegas Sun (2013-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 26-yanvar.
- ↑ „Dinner in the Sky Groundbreaking“. Las Vegas Sun (2013-yil 12-iyun). Qaraldi: 2017-yil 26-yanvar.