Dinovariy (taxallusi; asl ism-sharifi Abulqosim Abdulloh ibn Abdurahmon) (7—1000, Buxoro) — shoir. Hayoti va ijodi haqida maʼlumot, sheʼrlaridan namunalar Saolibiy tazkirasida uchraydi. Dinovariy qasida, hajviya, vasf, chistoy janrlarida ijod etgan. Vasflarda majoziy iboralar, sifatlash mohirlik bilan ishlatilgan. Sheʼrlarida odob, axloq mavzui ustunlik qiladi, hajvlarida xasislik tanqid qilingan, oʻz moddiy ahvolidan, zamona zulmidan shikoyat aks etgan.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Abdullayev I., Buxoroning arabiynavis shoirlari. T., 1965.