Diodor Ushakov
Diodor Vladimirovich Ushakov (1907, Xarkov gubernyasi — 1971.12.4, Toshkent) — teatr rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1965). Leningrad oliy badiiy texnika institutida taʼlim olgan (1926—1930). 1937-yildan Oʻzbekistonda yashagan. Uning ijodi oʻzbek teatri dekoratsiyasi sanʼatida naturalistik holatlarga barham berishda muhim rol oʻynadi; I. Valdenberg bilan ijodiy hamkorlikda ishlab Toshkent shahri teatrlari uchun dekoratsiya va libos eskizlari tayyorladi. Hamza teatrining "Otello" (1941), "Romeo va Julyetta" (1956), "Hamlet" (1957), "Qonli sarob" (1964), "Sarvqomat dilbarim" (1964), "Qirol Lir" (1966) va boshqa spektakllari qamda Gorkiy teatrining "Soʻnggilar" (1939), "Dushmanlar" (1948), "Chin inson" (1954), "Qonli sarob" (1967) kabi spektakllari shular jumlasidan[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |