Diofant tenglamalari
Diofant tenglamalari - ikki yoki undan koʻp nomaʼlum qatnashgan, koeffitsiyentlari butun sonlar boʻlgan algebraik tenglamalar; bunda butun yoki ratsional sonlardan iborat yechimlari izlanadi. Birinchi darajali Diofant tenglamalarining umumiy nazariyasini 17-asrda yashagan fransuz matematigi Bashe yaratgan. Ferma, Eyler, Lagranj va Gauss tadqiqotlari natijasida 19-asr boshlarida ikkinchi darajali Diofant tenlamalari asosan tekshirilgan edi. Diofant tenglamalarini tekshirish usullari uzluksiz kasrlar nazariyasiga asoslangan. Diofant tenglamalari deganda nomaʼlumlari soni tenglamalari sonidan koʻp bulgan butun koeffitsiyentli algebraik tenglamalar sistemalari ham tushuniladi. Diofant tenglamalari, baʼzan, aniqmas tenglamalar deb yuritiladi.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |