Diogen (qadimgi yunoncha: Διογένης), Diogen Sinoplik (Διογένης ὁ Σινωπεύς) yoki Diogen Kinik (Διογένης ὁ Κυνικός) (miloddan avvalgi 412- yoki 404-yil, Sinop – miloddan avvalgi 323-yil, Korinf)[1] – yunon faylasufi. Kiniklar maktabining yirik vakili. Antisfen shogirdi. Sivilizatsiyani, xususan davlatni inkor etgan, jamiyatni, insoniyatni ibtidoiy holatiga qaytishga daʼvat qilgan. Oʻzini dunyo fuqarosi („kosmopolit“) deb atagan, odamlarning tabaqaga boʻlinishini tanqid qilgan. Turmushda har qanday ortiqchaliklarni rad etib, faqat zaruriy ehtiyojlarni qondirish bilangina cheklanishni oʻz burchi deb bilgan; u xotinlar va bolalar umumiy boʻlishini talab qilgan va biron axloq ustun boʻlib turishini tan olmagan. Diogen kinik sharm-hayosizlik va beboshlik timsoliga aylandi. Diogen toʻgʻrisida turli-tuman latifalar bor. Rivoyatlarga koʻra, u bochka ichida yashagan.

Diogen haykali (Sinop, Turkiya).

Manbalar

tahrir
  1. Laërtius, Diogenes (1925). „The Cynics: Diogenes“. Lives of the Eminent Philosophers. 2-jild. Loeb Classical Library.

Adabiyotlar

tahrir