Diplomat
Diplomat (fransuzcha diplomate) - 1) muayyan bir davlatning xorijiy davlatlar bilan rasmiy aloqalarini yuritib turadigan va buning uchun maxsus tayyorgarlik koʻrgan lavozimli shaxs. Diplomatga hukumat tomonidan vakolat berilib, u chet davlatlarda dahlsizlik huquqidan foydalanadi (qarang Diplomatii, immunitet); 2) boshqa kishilarga ustalik bilan muomalada boʻladigan, oʻz ishining nozik tomonlarini, qonun-qoidalarini, muzokara olib borish sanʼatini biladigan kishi. U xohlagan davlatiga diplamatik daxlsuzlik orqali yura oladi. Diplomat - bu keng mas'uliyat bilan shug'ullanadigan kasb. Xalqaro kompaniyalarda, tinchlikparvar missiyalarda ishtirok etadi, ichki va tashqi siyosat masalalarini hal qiladi, xalqaro nizolarni hal qilish, nizolarni hal qilish, xalqaro aloqalarni o'rnatadi .
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |