Diplomatik agent
Diplomatik agent - davlatlar vakolatxonalarining boshligʻi, elchisi, elchixona va diplomatik missiya xizmatchisi. 1815-yildagi Vena konvensiyasiga binoan faqat vakolatxona boshliqlarigina D.a. hisoblanardi. Diplomatiyaning rivojlanishi bu tushunchani kengaytirdi. Keyingi vaqtlarda elchixona va missiya xizmatchilari, hamma darajadagi elchilar vakolatxonaning diplomatik xizmatchilari, xalqaro tashkilotlarga va konferensiyalarga yuborilgan rasmiy vakillar, shuningdek, bir mamlakatning 2-mamlakatga yuboradigan delegatsiya boshliqlari va aʼzolari ham D.a. sanaladigan boʻldi.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |