Direktorlar kengashi, aksiyadorlik jamiyati direktorlar kengashi — aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlar umumiy yigʻilishida saylanadigan rahbar ijroiya organi; aksiyadorlarning umumiy yigʻilishlari oraligʻida jamiyatni boshqarish, muhim muammolarni yechish bilan shugʻullanadi. Direktorlar kengashi jamiyatning operativ boshqaruv ishlarini bajaradigan jamiyat boshqaruvini, ijrochi direktorii tayinlaydi. Direktorlar kengashiga korxona rahbari, rahbar oʻrinbosarlari, yirik mutaxassislar, korxona tarkibiga kiruvchi kichik korxona rahbarlari va b. saylanadi. Yirik korxona (uyushma, korporatsiya)ning rahbari direktorlar kengashining raisi etib saylanadi. Direktorlar kengashining yigʻilishi vaziyatga koʻra har chorakda bir marta oʻtkaziladi. Yigʻilish kun tartibi bir oy oldin kengash aʼzolariga eʼlon qilinadi. Direktorlar kengashi qarorlarini aksiyadorlik jamiyatining barcha aʼzolari bajarishi shart.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil