Divertisment (frans. divertissement — koʻngil ochish) — 1) 17— 18-asrlarda drama (baʼzan opera, balet) spektakllarining qoʻshimcha yoki yakuniy qismi. Odatda spektakl mazmuniga bogʻliq boʻlmagan raqs va qoʻshiqlar, hajviy-mutoyibali sahnalardan iborat. 19-asrning 70-y.laridan boshlab varyete, kabare kabi estrada teatrlarida yigʻma konsert dasturi; 2) Yevropada 18-asrning 2-yarmida turli tarkibdagi ansambl yoki orkestrlar uchunyaratilgan (mas, Y. Gaydn, V. A. Motsart va b.) cholgʻu musiqa asari. 19-asrda popurri janriga aylangan. 20-asrdan "D." atamasi koʻproq balet nomerlaridan tashkil topgan s/oshyaasimon asarlarga nisbatan qoʻllanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil