Dividend (lotincha: dividendum — taqsimlanadigan narsa) — aksiyadorlar jamiyati foydasidan aksiya egasiga har yili beriladigan va uning daromadiga aylangan qismi. Dividend miqdori aksiyadorlar jamiyatining sof foydasi, aksiyalar soni va qiymatiga bogʻliq. Dividend har yili (soliqlar toʻlanib, i.ch.ni rivojlantirish uchun ajratmalar chiqarilib, zaxiralar toʻldirilgach, obligatsiyalar boʻyicha foizlar va direktorlarga beriladigan mukofot haqi toʻlangandan soʻng) aksiyadorlarning qoʻlidagi aksiya miqdori va turiga muvofiq taqsimlanadi. Taqsimlanadigan hissa Dividend massasi, aksiyalar nominali qiymatlariga koʻra foizlarda ifodalangan daromad esa Dividend stavkasi deb ataladi.Dividend miqdori oddiy aksiyalar boʻyicha jamiyatning oʻsha yilda koʻrgan foydasiga bogʻliq. Imtiyozli aksiyalarning nominal qiymatiga qatʼiy foiz stavkasi miqdorida oldindan belgilanadi. Eng yuqori Dividend olinganda baʼzan ularning bir qismi qoʻshimcha chiqarilgan bepul aksiyalar tarzida aksiyadorlarga toʻlanadi. Qoʻlida aksiyalarning asosiy hissasini toʻplagan aksiyadorlar va korporatsiyalar Dividendning eng koʻp qismini oladi. Dividend yilda bir marta beriladi[1].

Manbalar

tahrir

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil