Dizel yonilgʻisi
Dizel yonilgʻisi - neftdan olinadigan suyuq yonilgʻi; qisilishdan alangalanadigan ichki yonuv dvigateli (dizelʼ)da ishlatiladi. Uch guruhga boʻlinadi: 1) tezyurar transport dvigatellari va statsionar dvigatellar (aylanish soni minutiga 1000 va undan ortiq) uchun moʻljallangan qovushoqligi past distillyat yonilgʻi; 2) koʻp kuch tushadigan statsionar dvigatellar va kema dvigatellari (aylanish soni minutiga 600 dan 1000 gacha) uchun moʻljallangan qovushoqligi oʻrtacha distillyat yonilgʻi (solyar moyi); 3) sekin aylanadigan dvigatellar — statsionar va kema dvigatellari (aylanish soni minutiga 600 gacha) uchun moʻljallangan qovushoqligi yuqori, ogʻir fraksiyali yonilgʻi. D. yo.ning eng muhim xossalaridan biri oʻz-oʻzidan alangalanish temperaturasidir; uning qanday yonishi temperaturaga bogʻliq. Yonilgʻi sifati undagi setan soni (oʻz-oʻzidan qanchalik tez alangalanishi)ga bogʻliq. Uning oʻzoʻzidan alangalanishini osonlashtirish va toʻla yonishiga erishish uchun tegishli kimyoviy tarkibga ega boʻlgan xom ashyo tanlab olinadi. D. yo. sifati xom ashyoning yaxshi tozalanishiga ham bogʻliq boʻladi. Turli iqlim sharoitlari uchun qotish temperaturasi, fraksiya tarkibi va b. koʻrsatkichlari bilan farq qiladigan (oʻta sovuq joylarga moʻljallangan, qishki va yozgi) yonilgʻi xillari bor. Dizel yonig’ilgisi ota qovushqoqligi bn ajralib turadi buni biz engenjrlar Maksumova Oytura opa bilan birga organib chiqqanmiz . Quvondiqov Akobirning sinab korishicha undagi sitan soni nafaqat turli xil sharoitga balkim temperaturaga ham ta’siri borligini o’z isbotini aytdi.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |