Giuseppe Crespi
XVII- XVIII asrlar davridagi yana bir rassom Boloniyalik Djuzeppe Mariya Krespi(1664 - 1747) ham katta qiziqish uyg‘otadi.
Krespining o‘ziga xos rangtasvir temperamenti, uning chinakam intilishlari o‘zi tarbiyalagan an’analar bo‘yicha butun akademik rangtasvirlar tizimi bilan murosasiz to‘qnashuvga olib keladi. Ushbu kurash Krespining barcha asarlarida davom etadi va uning badiiy uslubida keskin sakrashlarni keltirib chiqaradi va u ba’zan tanib bo‘lmas darajada o‘zgaradi. Shunisi e’tiborga loyiqki, Krespi uslubining shakllanishiga barcha akademik ustalarning eng kam akademigi bo‘lgan [[Gverchino]]ning ilk ijodi katta ta’sir ko‘rsatgan. Ushbu ta’sir izlari asosan Krespi rangtasvirlarining quyuq jigarrang-zaytun rangida, qalin qoplangan nur - soyasida aks ettirilgan. Gverchino orqali Krespigacha Karavadjo realistik san’atining aks-sadolari etib keldi. Krespining badiiy mahoratini rivojlantirishga uning 16-asr rassomlari va Rembrandt ijodi bilan keng ko‘lamdagi tanishuvi katta yordam berdi.
Rassomning ilk va keyingi asarlari
tahrirRassomning ilk va keyingi asarlari akademizm bilan uzviy bog‘liqdir. U yirik diniy kompozitsiyalarni (“Iosifning o‘limi”, Ermitaj; “Muqaddas oila”, A.S.Pushkin nomidagi davlat tasviriy san’at muzeyi, 1712-y.) yoki [[Alba]]ni asarlarini biroz esga soladigan kichik mifologik rangtasvirlarni (“Nimflar tomonidan qurolsizlantirilgan Amurlar”, A.S.Pushkin nomidagi davlat tasviriy san’at muzeyi) yaratadi. Shu bilan birga, u asosan kolorit va nur – soyaning rasmiy vazifalarini bajaruvchi yoki syujetning yoqimli ko‘ngil ochishiga qaratilgan ko‘plab mayda janrli rangtasvirlarni yaratdi. 18-asrning birinchi o‘n yilligi bilan bog‘liq bir nechta etuk asarlari Krespini o‘sha davrning eng yirik italyan rassomlari qatoriga kiritdi.
Eng yaxshi asarlaridan biri
tahrirKrespining eng yaxshi asarlaridan biri uning “Avtoportret”idir (1700-y.; Ermitaj). Rassom qo‘lida qalam bilan boshini tasodifiy ro‘mol bilan bog‘lagan. Portret sirli romantika va sodda badiiy mahorat bilan ajralib turadi. “Podjo - Kayanodagi bozor” (1708 - 1709; Uffitsi) janrli rangtasvirda qishloq bozorining bayramona jonlanishi tasvirlangan. Hamma narsa rassomning ko‘nglini xushnud etadi: keng qirrali shlyapalardagi dehqonlarning qiyofalari va dafn qilingan eshak hamda oddiy loydan yasalgan idishlar go‘yo qimmatbaho idishlar kabi tasvirlangan. Deyarli “Bozor” bilan bir vaqtda, Krespi o‘zining asabiy dramatikligi bilan Manyaskoning ishini eslatuvchi “Chaqaloqlarni kaltaklash” (Uffitsi) asarini yaratadi. “Podjo - Kayanodagi bozor” va “Chaqaloqlarni kaltaklash” kabi asarlar realistik janrdan diniy ifodaga qadar bo‘lgan o‘ta keskin ikkilanishlar haqida gapiradi, bu Krespining badiiy dunyoqarashining butun qarama-qarshi tabiatini ochib beradi.
Krespi san’atining ushbu ikkala tomoni nasroniy dinining sirli marosimlari mavzusidagi mashhur rangtasvirlar seriyasida birlashtirilgan (1712-y.; Drezden). Ushbu seriyaning g‘oyasi tasodifan paydo bo‘ldi. Avval Krespi bir marta cherkovda ko‘rgan sahnani tasvirlovchi ajoyib “Istig‘for” kartinasini yaratdi. Mana shundan boshlab rassomga odamning tug‘ilishidan to o‘limgacha bo‘lgan hayot yo‘lini anglatuvchi boshqa cherkov marosimlarini tasvirlovchi (“Cho‘qintirish”, “Miro moyini surtish”, “Nikoh”, “Xudoni tanish yoki so‘nggi tanovul”, “Monaxlik sirlaridan voqif qilish”, “Zaytun moyi surtish”) asarlarni yaratish g‘oyasi keldi.
Har bir sahna juda aniq tasvirlangan: bir nechta yirik plandagi figuralar, maishiy tafsilotlarning detallarning deyarli yo‘qligi, neytral fon. Miltillagan kumush nur charaqlab turgan osoyishta timsollar ularni o‘rab turgan qorong‘ulikdan ohista chiqib keladi. Nur-soya karavajistik aniqlikka ega emas, ba’zida odamlarning kiyimlari va yuzlari yorug‘lik chiqarayotganga o‘xshaydi. “Istig‘for”dan tashqari, boshqa barcha rangtasvirlar yaxlit siklni tashkil etadi, ularning hissiy jihatdan birligi xiralashgan oltin jigarrangning aniq bir xilligi bilan ta’kidlanadi. Zerikarli monastir hayotidagi tasavvufiy astketizm tusiga ega sokin va vazmin figuralar ma’yus kayfiyat uyg‘otadi.
Biror kishining hayotini muqarrar ravishda quvonch va qayg‘ulari bilan tugatadigan ma’yus epilog sifatida, oxirgi marosim ko‘rsatildi – “Zaytun moyi surtish”. Bir guruh rohiblar o‘lib yotgan odamga egilib qolishgan, dahshatli umidsizlik kayfiyati paydo bo‘ladi; kartinada rohiblarning tonzuralari (boshi) qorong‘ilikda bir xil yarqiraydi, o‘layotgan odamning sochi olingan boshi va stulda yotgan kalla suyagi tasvirlangan.
"Yetti muqaddas marosim" asari
tahrirKrespining “Yetti muqaddas marosim” asari tasvirlanayotgan marosimning hissiy jo‘shqinligi va yorqinligiga ko‘ra, XVII asrning barcha italyan rangtasvirlari orasida Karavadjodan keyin eng kuchli taassurot qoldiradi. Ammo shunisi aniqki, Karavadjoning sog‘lom oddiy realizmi va Krespining og‘ir muvozanatsiz san’ati o‘rtasidagi katta farq bor.
[[Manyasko]] va Krespi ijodi, [[barokko]] dekorativ san’ati bilan bir qatorda, Karavadjoning isyoni bilan boshlangan asrning yorqin, ammo umidsiz natijasidir.
Manba
tahrir"Umumsan'at Tarixi" Abdullayev Obidjon Oripovich Toshkent-2020
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |