Dmitriy Protopopov

Sovet siyosatchisi

Dmitriy Zaxarovich Protopopov (4-oktyabr 1897 – 3-mart 1986) – Sovet Ittifoqi davlat arbobi[1][2][3][4][5][6][7][8][9][10].

Dmitriy Zaxarovich Protopopov
ruscha: Дмитрий Захарович Протопопов
 5-Tojik SSR KP birinchi kotibi
Mansab davri
1937-yildan – 1946-yilgacha
Oʻtmishdoshi Oʻrinboy Ashurov
Vorisi Bobojon Gʻofurov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 4-oktyabr 1897-yil
Voronej
Vafoti 3-mart 1986-yil(1986-03-03)
(88 yoshda)
Moskva
Mukofotlari
Xizmat yillari 1916—1926
Unvoni aniq emas

Biografiyasi

tahrir

Voronej viloyati Kostenki qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan.

1916-yilda rus armiyasida xizmat qilgan.

1917-yilda Batumi zobit maktabini tamomlagan.

1917-yilda Voronej yer qoʻmitasi raisi oʻrinbosari.

1918-yildan hukumatning Voronej Kengashi Raisi. Hududdagi jazo operatsiyalari va otuv ishlariga boshchilik qildi.

1919-yildan – qizil armiyada: Zadonskiy uyezdi harbiy kommissari, ijro etuvchi kotibi.

1923-yil oktyabrda – Voronej viloyat harbiy kommissar yordamchisi, markaz tomonidan kommissar, siyosiy boʻlimi boshligʻi.

1926-yildan – partiya va nazorat organlarida: Voronej viloyat nazorat komissiyasi raisi, Tambov tumani nazorat komissiyasi raisi (1929-1930), Moskva viloyat qoʻmitasi nazorat komissiyasi raisi (1932-1934).

Bu davrda Voronej davlat universitetini tugatgan.

1937-yilda Markaziy qoʻmita tomonidan Tojikiston SSR partiya nazorati komissiyasiga vakolatli vakil sifatida yuborilgan. Respublikaning deyarli butun rahbariyati hibsga olingan.

SSSR NKVD 1937-yil 30-iyuldagi № 00447 buyrugʻi ostida Stalin qatagʻonlarining ijrosini taʼminlagan.

1937-yil 4-oktyabrda Tojikiston kompartiyasi birinchi kotibi etib saylandi. Respublikaning butun rahbariyatini hibsga oldirdi.

1948-yildan Sovet Ittifoqi markaziy qoʻmitasi instruktori.

1948-yildan 1960-yilgacha RSFSR vazirliklarida ishlagan: goʻsht va sut sanoati vazirining oʻrinbosari, yengil va oziq-ovqat sanoati vazirligi kadrlar boshqarmasi boshligʻi boʻlgan.

1986-yilda vafot etgan. Vagankovskiy qabristonining kolumbariysiga dafn etilgan.

Manbalar

tahrir
  1. „Протопопов Дмитрий Захарович“. ЦентрАзия. 2015-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-noyabr. (Wayback Machine saytida 2015-11-19 sanasida arxivlangan)
  2. „Протопопов Дмитрий Захарович“. Люди и Книги. Qaraldi: 2015-yil 18-noyabr.
  3. Sostavi troek v 1937−1938-yilax // Sayt Nkvd.memo.ru
  4. Stalinskiy plan po unichtojeniyu naroda: Podgotovka i realizatsiya prikaza NKVD № 00447 „Ob operatsii po repressirovaniyu bivshix kulakov, ugolovnikov i drugix antisovetskix elementov“ // Arxiv Aleksandra N. Yakovleva
  5. „Депутаты Верховного Совета СССР I-го созыва 1937—1946“. Справочник по истории Коммунистической партии и Советского Союза 1898—1991. 2012-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-noyabr.
  6. „Депутаты Верховного Совета СССР II-го созыва 1946—1950“. Справочник по истории Коммунистической партии и Советского Союза 1898—1991. 2012-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-noyabr.
  7. „Делегаты XVIII-го съезда ВКП(б) 10–21.3.1939“. Справочник по истории Коммунистической партии и Советского Союза 1898—1991. Qaraldi: 2015-yil 18-noyabr.
  8. „Делегаты XVIII-й конференций ВКП(б) 15–20.2.1941“. Справочник по истории Коммунистической партии и Советского Союза 1898—1991. Qaraldi: 2015-yil 18-noyabr.
  9. „Протопопов Дмитрий Захарович (1897—1986)“. moscow-tombs.ru. Qaraldi: 2015-yil 18-noyabr.
  10. „Протопопов Дмитрий Захарович“. Воронежский гид. 2015-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-noyabr.