Dmitriy Xolendro
Dmitriy Mixaylovich Xolendro (1921–1998) – Sovet rus yozuvchisi, ssenariynavis, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi. SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi (1950).
Dmitriy Xolendro | |
---|---|
Tavalludi |
Xolendro Dmitriy Mixaylovich 2-dekabr 1921-yil |
Vafoti | 1998-yil |
Ijod qilgan tillari | Rus tili |
Fuqaroligi | SSSR Rossiya |
Janr | qissa, hikoya, pyesa, ssenariy |
Biografiyasi
tahrirXolendro 1921-yil 2-dekabrda (boshqa maʼlumotlarga koʻra 2-noyabr) Toshkent shahrida (hozirgi Oʻzbekiston) xizmatchi oilasida tavallud topgan.
Asarlar yozishni 1938-yilda boshlagan. 1939-yilda MIFLIga oʻqishga kirgan. Shu bilan birga Qizil armiya safiga chaqirilgan. Ulugʻ Vatan urushi yillarida „Vperyod za Rodinu!“ gazetasida katta adabiy rahbar boʻlib faoliyat olib borgan. Kerchensko-Eltigenskaya qoʻnish operatsiyasi ishtirokchisi va 1944-yildan KPSS(b) aʼzosi boʻlgan.
Yozuvchi Dmitriy Mixaylovich 1950-yilda SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzo boʻldi. 1951-yilda Konstantin Paustovskiyning Rostov-Donda adabiy seminarida qatnashdi[1].
1956-yilda A. M. Gorkiy nomidagi Adabiyot instituti qoshidagi oliy kursni tamomlagan. Dmitriy „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi va Yalta kinostudiyasi bilan hamkorlik qilgan. Yozuvchining koʻpgina asarlari Qoradengiz mavzulariga bagʻishlangan.
Xolendro 1998-yilda vafot etgan. U Moskvadagi Donskoye qabristoniga ota-onasi va ukasining yoniga dafn etilgan[2].
Ijodi
tahrir1949–1950-yillar oraligʻida „Gori v svetu“ romanini yozgan.
Xolendro 1959-yilda „Opasniy mis“, 1960-yilda „Klarens va Juletta“, „Poyezdka v Sayat“ (1966-yilda suratga olingan „Sayyod qoʻngʻirogʻi“ filmi ssenariysi asosida, 1972-yilda hikoyaga aylantirilgan), 1967-yilda „Svadba“ va 1967-yilda „Stariy Chudak“ nomli qissalar yozgan.
Dmitriy Mixaylovich 1951-yilda „More shumit“, 1954-yilda „Doroga v step“, 1960-yilda „Ranneye utro“, 1980-yilda „Sloboda“ va 1983-yilda „Plavni“ nomli hikoyalar toplamini yozadi.
Mukofotlari
tahrirDmitriy Mixaylovich 1-darajali Vatan urushi ordeni va ikkita Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan.
Manbalar
tahrir- ↑ Устименко Алексей. Дмитрий Холендро: Делайте себе жизнь, жизнь сделает вам литературный почерк // Иные берега Журнал о русской культуре за рубежом. — 2015. — № 2(38).
- ↑ „ХОЛЕНДРО Дмитрий Михайлович (1921 – 1998) — Moscow-Tombs“ (ru). Qaraldi: 2023-yil 7-noyabr.