Dnestr
Dnestr (rumincha: Nistru, ukraincha: Дністе́р, qadimgi yunoncha: Τύρας, lotincha: Tyras, Tiras; inglizcha: Dniester) — Sharqiy Yevropadagi daryo, Ukraina va Moldavada. Uzunligi 1352 km. Havzasining mayd. 72,1 ming km2. Karpat togʻlarining shim. yon bagʻridan boshlanib, Kora dengizning Dnestr limaniga quyiladi. Quyi oqimida oʻrtacha suv sarfi 310 m3/sek. Suvi sugʻorishga sarflanadi, yuqori oqimida yogʻoch oqiziladi. Soroki sh.dan Dubossari GES gacha va GES dan quyilish joyigacha muntazam kema qatnaydi. Yomgʻir va qor suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik oqim qariyb 8 km3. Dnestr qish iliq kelganda muzlamaydi. Dnestr boʻyida Benderi, Tiraspol sh.lari joylashgan.
Dnestr | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 1 352 |
Suv sarfi | 310 m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | Ukraina, Moldova va Dnestrboʻyi Moldova Respublikasi |
Dnestr |
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil