Dnipro (shahar)
Dnipro (ukraincha: Дніпро́) — Ukraina davlatida joylashgan shahar, Dnepropetrovsk viloyati markazi. Dnepr daryosidagi port. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 1134 ming kishi (1997). Qora metallurgiya (2 ta metallurgiya zavodi, 2 ta quvur prokati zavodi va b.), mashinasozlik zdi, ogʻir press ishlab chiqarish birlashmalari, kon-shaxta, metallurgiya jihozlari, stanoksozlik, elektrovozeozlik, kombayn zavodlari, radiozavod va b., kimyo (plastmassa, shina ishlab chiqarish), koks kimyosi, kurilish materiallari, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Ukraina Fanlar akademiyasining ilmiy markazi, 9 oliy oʻquv yurti (jumladan 2 universitet), 5 teatr (opera va balet teatri va b.), 3 muzey (shu jumladan badiiy va tarixiy muzeylar) mavjud. Dniproga 1776 yil asos solingan. Potyomkin saroyi (hozirgi Talaba saroyi, 18-asr oxiri), Preobrajenskiy kafedrali sobor (19-asr) saqlangan.
Dnipro ukraincha: Дніпро́ | |
---|---|
Shahar | |
48°28′3″N 35°2′24″E / 48.46750°N 35.04000°E | |
Mamlakat | Ukraina |
viloyat | Dnepropetrovsk viloyati |
{{{tuman_turi}}} | Dnipro tumani |
Asos solingan | 1776 |
Avvalgi nomlari | Dnepropetrovsk |
Aholisi (2023) |
984 423 |
Vaqt mintaqasi | UTC+2 |
Telefon kodi | +380 56 |
Pochta indeks(lar)i | 49000—49489 |
|
Yana q.
tahrirAdabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil