Doʻstmurod Abdullayev
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Doʻstmurod Abdullayev (1950, Samarqand viloyati Paxtachi tumani Eshonqora qishlogʻi) – Oʻzbekiston Qahramoni (1999). Samarqand qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan (1985). Paxtachi tumanidagi Roʻziqul Maxmanov nomli jamoa xoʻjaligida mexaniq uchastka agronomi boʻlib ishladi (1973-1984). 1984-yildan shu xoʻjalikda gʻallachilik brigadasi boshligʻi. Oʻzbekiston Respublikasining gʻalla mustaqilligini taʼminlash yulida gʻallachilikni rivojlantirishda ilgʻor texnologiyalarni qoʻllab, bugʻdoydan muntazam ravishda har gektardan barqaror 50-55 s hosil olishga erishgan[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |